“E, onangni... 11 gacha yopmasang, tiqib yuboraman!” - Muzrabotda fermerlar haqoratlandi.
Kun.uz ixtiyoriga Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulovga tegishli ekani aytilayotgan audioyozuv kelib tushdi. Unda hokim deb tanishtirilgan shaxs g‘alla topshirish rejasini bajarmayotgan fermerlarni so‘kib, ulardan rejani bir necha soat ichida bajarishni talab qilgan. Manbaga ko‘ra, holat 15 iyun kuni hokimning xizmat xonasida sodir bo‘lgan..
Kun.uz ixtiyoriga Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulovga tegishli ekani aytilayotgan audioyozuv kelib tushdi. Unda hokim deb tanishtirilgan shaxs g‘alla topshirish rejasini bajarmayotgan fermerlarni so‘kib, ulardan rejani bir necha soat ichida bajarishni talab qilgan. Manbaga ko‘ra, holat 15 iyun kuni hokimning xizmat xonasida sodir bo‘lgan.
Kun.uz ixtiyoriga kelib tushgan audioyozuv mazmunidan anglashilishicha, yig‘ilish g‘alla yetishtirish bo‘yicha shartnomaviy majburiyatlarni bajarish va hosil topshirish masalalariga bag‘ishlangan.
Biroq audioni fermerlar bilan oddiy muloqot yoki muhokama deb bo‘lmaydi. Qariyb butun audioyozuv davomida bir kishi gapirgan, fermerlar esa asosan qisqa javoblar bilan cheklangan. Hokim ekani aytilayotgan shaxs qatnashchilarga nisbatan muntazam ravishda haqoratli va tahqirlovchi iboralarni ishlatgan, ularni so‘kib, turli tahdidlar qilgan.
«11 gacha yopasanmi, yo‘qmi?», «Bir soat senga muhlat», «Bugun yopasan» kabi talablar audio davomida qayta-qayta takrorlanadi.
Shuningdek, yozuvda prokuratura va sud bilan bog‘liq tahdidomuz ogohlantirishlar ham uchraydi.
«Bugun dalolatnoma qilib sudga chiqartiraman hammangnikini», degan mansabdor.
Kun.uz manbasining bildirishicha, mazkur yig‘ilish 15 iyun kuni Muzrabot tumani hokimining xizmat xonasida bo‘lib o‘tgan. Manbaga ko‘ra, unda huquq-tartibot idoralari vakillari ham ishtirok etgan hamda hokimning fermerlarga nisbatan ishlatgan haqorat va tahdidlariga guvoh bo‘lgan.
Audioda fermerlar davlat tomonidan belgilangan g‘alla topshirish rejasini bajarishga chaqirilayotgani eshitiladi. Biroq bu chaqiriqlar qo‘pol munosabat, haqorat va javobgarlik tahdidlari bilan birga kechadi. Yozuvda fermerlarga nisbatan prokuratura, sud va boshqa ta’sir choralari tilga olinadi. Kun.uz Muzrabot hokimligiga so‘rov yubordi.
Eslatib o‘tamiz, Human Righs Watch xalqaro tashkiloti va Inson huquqlari o‘zbek forumi 2026 yil fevral oyida “Fermerda erkinlik yo‘q” nomli 120 sahifali hisobot e’lon qilgan edi. Unda O‘zbekistonda paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermerlarga nisbatan kuzatilayotgan tazyiq va ekspluatatsiya holatlari yoritilgandi.
“[So‘nggi yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini isloh qilishda] salmoqli yutuqlarga erishilgan bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston hukumati paxta va g‘alla yetishtirishda jiddiy va majburlovchi davlat nazoratini amalga oshirishda davom etmoqda, qolaversa, paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermerlarning mehnat va inson huquqlari hurmat qilinishini ta’minlay olmayapti”, – deyiladi hisobotda.
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →