Shavkat Mirziyoyev AQSh kompaniyalari bilan investitsiya loyihalari istiqbollarini muhokama qildi.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlari doirasida AQSh yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashdi..

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlari doirasida AQSh yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda AQSh Eksimbanki prezidenti va raisi Jon Yovanovich, Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek, AQSh – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm hamda “Air Producs”, “Cove Capital”, “Templeton Global Investmens”, “Boeing”, “77 Construction”, “BlackRock”, “FLS”, “Visa”, “JP Morgan”, “Meta”, “GULF” korporatsiyalari rahbarlari va yana bir qator kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Davlat rahbari mazkur uchrashuv oxirgi yillarda vujudga kelgan yaxshi an’ananing davomi, AQSh ishbilarmonlarining O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishga qiziqishi ortib borayotganining tasdig‘i ekanini mamnuniyat bilan qayd etdi. Iqtisodiy hamkorlik O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikning asosiy tayanch nuqtalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. Mamlakat yetakchisi ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator dolzarb yo‘nalishlarni belgilab berdi.

Muhim minerallarni o‘zlashtirish va qayta ishlash, energetika, metallurgiya, moliya, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va boshqa ko‘plab sohalarda aniq loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davra suhbati yakunida AQSh yetakchi kompaniyalari bilan ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön