AQSh-Eron kelishuvi Netanyahu va Tramp o‘rtasida kelishmovchilikka olib kelmoqda.
Isroil rasmiylari eng muhim ittifoqchisi – Tramp ma’muriyatini g‘azablantirishdan qo‘rqib, omma oldida Eron bilan kelishuvga ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirmoqda. Biroq o‘zaro suhbatlarda norozilik aniq sezilib turibdi, deb yozmoqda Reuters nashri..
Isroil rasmiylari eng muhim ittifoqchisi – Tramp ma’muriyatini g‘azablantirishdan qo‘rqib, omma oldida Eron bilan kelishuvga ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirmoqda. Biroq o‘zaro suhbatlarda norozilik aniq sezilib turibdi, deb yozmoqda Reuters nashri.
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi urush boshladi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bu urush – Eronning diniy rahbarlarini ag‘daradi va uni AQSh-Isroil ittifoqining me’mori sifatida mamlakatdagi saylovlar oldidan mavqeyini mustahkamlashini kutgandi.
Buning o‘rniga, Isroilning eng uzoq muddat xizmat qilgan bosh vaziri – Tramp bilan to‘qnashuv yo‘liga kirib qoldi, deb yozmoqda Reuters. Chunki AQSh prezidenti urushdan chiqib ketishga harakat qilmoqda. Har ikki yetakchining ham maqsadlari amalga oshmadi, Isroilning Livandagi harbiy amaliyotlari esa botqoqqa botib qolgan.
Isroil rasmiylari – tanqidchilarga nisbatan o‘ta ta’sirchan, eng muhim ittifoqchisini AQShni g‘azablantirishdan qo‘rqib, omma oldida Eron bilan kelishuvga ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirmoqda. Biroq o‘zaro suhbatlarda norozilik aniq sezilib turibdi.
Dastlabki kelishuv «Isroil uchun dahshatli. Isroil rahbariyatida, bosh vazirdan tortib bosh shtab boshlig‘igacha, buni boshqacha ko‘rayotgan biror kishi yo‘q», deya ismini oshkor qilmaslik sharti bilan gapirgan Isroil mulozimlaridan birining so‘zlarini keltirmoqda Reuters.
Rasmiy Vashingtonga ko‘ra, ular o‘t ochishni to‘xtatish rejimi amalda bo‘ladigan kelgusi 60 kun ichida yakuniy shartlarni muzokara qiladi. Ammo Isroil rasmiylari bu kelishuv doirasidagi 60 kunlik muzokaralar muddati uzaytirilishi ehtimoli borligini aytgan. Bu esa Isroilning xavotirlari hal etilmay qolgan bir paytda, uning harbiy harakatlar qilish bo‘yicha qo‘l-oyog‘ini bog‘lab qo‘yadi.
Netanyaxu va Tramp kelishuvga qadar Isroilning Livandagi Hizbullohga qarshi zarbalari sababli ham bir necha bor to‘qnash keldi. Chunki sulhda barcha nuqtalarda harbiy harakatlarni to‘xtatish Eronning asosiy talablaridan biri edi.
Oyning boshida Tramp Netanyahuni «miyasi aynigan, g‘irt aqldan ozgan» deb ta’riflagan. U AQSh Eron bilan kelishuvga erishishga harakat qilayotgan bir paytda, Netanyahuga Bayrutga zarba bermaslikni buyurgan edi.
Netanyaxu o‘sha kuni hujumlarni bekor qildi, biroq bir hafta o‘tgach, Bayrutning janubiy chekkasiga zarba berdi. Bu esa Eronning Isroilga raketa zarbalari yo‘llashiga va Tramp har ikki tomonni ommaviy qoralashiga sabab bo‘ldi.
AQSh va Eron o‘zlarining muvaqqat kelishuvini e’lon qilishlaridan bir necha soat oldin, yakshanba kuni Livandan Isroilga raketalar otilgani aytildi. Shundan keyin
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →