O‘zbekistonda ish tashlash huquqi joriy etilmoqda. U qanday ishlaydi?.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

O‘zbekistonda xodimlarning ish tashlash huquqi rasman e’tirof etildi. Tegishli qonun 11 iyun kuni prezident tomonidan imzolandi va uch oydan keyin kuchga kiradi. Yaponiyaning Nagoya universitetida ish tashlash huquqiga oid doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan huquqshunos Hasanboy Rahimberganov Kun.uz'ga taqdim etgan maqolasida yangi qonunning asosiy normalarini tushuntirib berdi..

O‘zbekistonda xodimlarning ish tashlash huquqi rasman e’tirof etildi. Tegishli qonun 11 iyun kuni prezident tomonidan imzolandi va uch oydan keyin kuchga kiradi. Yaponiyaning Nagoya universitetida ish tashlash huquqiga oid doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan huquqshunos Hasanboy Rahimberganov Kun.uz'ga taqdim etgan maqolasida yangi qonunning asosiy normalarini tushuntirib berdi.

Qonuniy ish tashlash mezonlarini tushunish uchun avvalo Mehnat kodeksiga kiritilayotgan ish tashlash tushunchasiga e’tibor qaratish lozim.

Qonunda yozilgan ta’rifga ko‘ra, ish tashlash – xodimlarning mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ish beruvchi bilan jamoaviy mehnat nizosini hal etish usuli sifatida mehnat majburiyatlarini vaqtincha, ixtiyoriy va birgalikda to‘liq yoki qisman bajarishni to‘xtatishidir.

Ushbu ta’rifdan kelib chiqib, qonuniy ish tashlashni to‘rt asosiy mezon orqali tahlil qilish mumkin: sub’yekt, maqsad, tartib va shakl.

Yangi qonunga ko‘ra, ish tashlash alohida bitta xodimning individual harakati emas, balki xodimlarning jamoaviy harakatidir. Ya’ni bir xodimning yakka tartibda ishni bajarishdan bosh tortishi ish tashlash deb baholanmaydi. Ish tashlash aynan jamoaviy mehnat nizosi doirasida, xodimlarning umumiy manfaatlarini himoya qilish vositasi sifatida amalga oshiriladi.

Buni jamoaviy mehnat nizosi tushunchasi ham tasdiqlaydi. Jamoaviy mehnat nizosi xodimlar yoki ularning vakillari bilan ish beruvchi yoki uning vakillari o‘rtasida yuzaga keladigan nizo hisoblanadi. Demak, ish tashlash ham aynan xodimlarning yakka tartibdagi emas, balki birgalikdagi harakati sifatida ko‘riladi.

Ish tashlash to‘g‘risidagi qaror ham bitta xodim tomonidan emas, balki umumiy yig‘ilishda yoki konferensiyada qabul qilinadi. Bunda umumiy yig‘ilish yoki konferensiya ishtirokchilarining 50 foizidan ko‘prog‘i yoqlab ovoz berishi talab etiladi. “Xodimlar” deganda esa ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan barcha xodimlar nazarda tutiladi.

Demak, ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlar ish tashlash huquqiga ega. Biroq bu huquq yakka tartibda emas, balki jamoaviy mehnat nizosi doirasida amalga oshiriladi. Shu ma’noda, qonun ish tashlashni individual emas, jamoaviy huquq sifatida belgilayotgani to‘g‘ri yondashuvdir.

Shu bilan birga, ish tashlashga rahbarlik qilish masalasi alohida e’tibor talab qiladi. Ish tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan mehnat jamoasi ish tashlashga rahbarlik qiluvchi vakilni tanlaydi. Bu vakil boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakill

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön