O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalar sotuvga chiqariladi.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlab 31,1 gramm og‘irlikdagi 100 ta oltin va 1000 ta kumush tanga zarb qilinadi. Esdalik tangalar 18 iyundan boshlab 690 ta tijorat banklari filiallarida sotuvga chiqarililishi rejalashtirilgan..

O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlab 31,1 gramm og‘irlikdagi 100 ta oltin va 1000 ta kumush tanga zarb qilinadi. Esdalik tangalar 18 iyundan boshlab 690 ta tijorat banklari filiallarida sotuvga chiqarililishi rejalashtirilgan.

Markaziy bank O‘zbekistonning futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi tarixiy ishtirokiga bag‘ishlab cheklangan esdalik tangalarini chiqaradi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Esdalik tangalarining avers qismida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi logotipi, klassik futbol to‘pi chizmasi hamda “Tarixiy zafar. O‘zbekiston futboli jahon chempionatida - 2026” yozuvi aks ettiriladi.

Tangalar dizaynida milliy jamoa ramzi — “Oq bo‘rilar” ham o‘rin olgan. Revers qismidagi bo‘ri silueti futbolchilarning shijoati, jamoaviy ruhi va taslim bo‘lmas xarakterini ifodalaydi. Ushbu ramz 26 nafar futbolchi siluetini o‘zida mujassam etib, tarixiy natija butun jamoaning birdamligi va mehnati bilan qo‘lga kiritilganini anglatadi.

31,1 gramm og‘irlikdagi 100 ta oltin va 1000 ta kumush tangalar cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan. Esdalik tangalar 18-iyundan boshlab 690 ta tijorat banklari filiallarida sotuvga chiqariladi. Sotuv narxlari va banklardagi mavjudlik bo‘yicha yangilangan ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida har kuni e’lon qilib borilishi ko‘zda tutilgan.

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön