AQSh va Eron kelishuvi. Nimalar ma’lum?.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

Tomonlar butun front bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib olgan. Ammo Isroil buni va’da qilmayapti. Eron yadroviy dasturi bo‘yicha ham kelishuv yo‘q. .

Tomonlar butun front bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib olgan. Ammo Isroil buni va’da qilmayapti. Eron yadroviy dasturi bo‘yicha ham kelishuv yo‘q.

AQSh va Eron o‘zaro anglashuv memorandumini kelishib oldi, u butun front bo‘ylab, shu jumladan Livanda 60 kunlik otashkesim amal qilishi hamda Ho‘rmuz bo‘g‘ozi kemalar qatnovi uchun ochilishini ko‘zda tutadi. Bu hujjat matni e’lon qilinmadi, uning aniq shartlari ma’lum emas. Erondagi manbalar memorandumda 14 ta band borligini aytishmoqda, ammo Amerika tomoni buni tasdiqlamagan. Memorandumni imzolash marosimi 19 iyun kuni Shveytsariyada o‘tkaziladi. Shundan keyin 60 kun mobaynida tomonlar yakuniy tinchlik kelishuvi ustida ishlashi va bahsli masalalar, jumladan, Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishib olishi taxmin qilinmoqda. Isroil o‘zini ushbu kelishuv ishtirokchisi deb hisoblamayapti. Isroildagilar o‘z qo‘shinini Livandan olib ketmoqchi emas, shuningdek, «Hizbulloh» tomonidan hujum qilinadigan bo‘lsa, javob qaytarishi haqida ogohlantirmoqda.

Donald Tramp AQSh Eron portlariga nisbatan joriy etilgan harbiy-dengiz blokadasini bekor qilishini, Eron esa Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishini ma’lum qildi. «Butun dunyodagi kemalar, dvigatellaringizni ishga tushiring. Neftni oqizing!» – deya yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida. Ammo bu xabardan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi aynan qachon va qanday shartlar asosida ochilishini bilib bo‘lmaydi.

The New York Times gazetasiga bergan intervyusida Tramp Eron bilan kelishuv kemalarning Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali «doimiy ravishda bepul o‘tishi»ni ta’minlashini aytgan. Tramp Xitoy raisi Si Jinping va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga neft inqirozini hal qilishga yordam bergani, «Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasiga aralashmagani» uchun minnatdorchilik bildirgan.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eronning uranni boyitish dasturi faqat harbiy bo‘lmagan maqsadlar bilan cheklanadi. Biroq, bu masala bo‘yicha hozircha kelishuv yo‘q. Tomonlar Eronda uranni boyitish ishlarini 20 yilga to‘xtatish masalasida muzokaralar olib bormoqda. NYT yozishicha, Tramp «15 yillik muddatga ham rozi bo‘lishini bildirgan».

Eron davlat agentliklari manbalariga ko‘ra, anglashuv memorandumi 14 banddan iborat. U butun front bo‘ylab, jumladan Livanda harbiy harakatlarni darhol va doimiyga to‘xtatishni, Amerika dengiz blokadasini to‘xtatishni, Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishni, shuningdek, Eronning xorijda muzlatilgan 24 milliard dollarlik aktivlari qaytarilishini o‘z ichiga oladi.

Ushbu 14 bandda AQSh bilan yakuniy kelishuv faqat uranni boyitish, sanksiyalarni bekor qilish va Eron iqtisodiyotini tiklashga ta

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön