Uzunligi qariyb 6 metr - Amerikadagi eng mashhur avtomobil nomi e’lon qilindi.
2026 yil boshidan may oyigacha AQSh hududidagi eng mashhur yangi avtomobillar reytingida Ford F-Series pikapi yetakchilik qilmoqda..
2026 yil boshidan may oyigacha AQSh hududidagi eng mashhur yangi avtomobillar reytingida Ford F-Series pikapi yetakchilik qilmoqda.
Focus2Move xabariga ko‘ra, ushbu avtomobil savdosi yillik hisobda 15,1 foizga kamaygan bo‘lsa-da, hali ham Amerika bozorining 4,5 foizini egallamoqda.
Ford F-Series - 1948 yildan beri Ford Motor Company tomonidan ishlab chiqarilayotgan afsonaviy to‘liq o‘lchamli pikaplar seriyasidir. Bugungi kungacha zavod 40 milliondan ortiq shunday avtomobillarni ishlab chiqargan.
Ikkinchi o‘rinni Chevrolet Silverado egalladi, u ham to‘liq o‘lchamli pikap hisoblanadi. U 1990-yillarda ishlab chiqarila boshlangan va bugungi kunda Amerika bozorining 3,6 foizini egallaydi.
Ta’kidlash joizki, Ford F-Series va Chevrolet Silverado zamonaviy versiyalari bozordagi eng katta seriyali avtomobillardan biridir. Shunday qilib, F-Series modelining ko‘pchilik versiyalarining uzunligi 5800 mm dan oshadi.
Ford F-Series va Chevrolet Silverado konstruktiv jihatdan oddiy yengil avtomobillarga qaraganda to‘laqonli yuk mashinalariga yaqinroq. Shu bilan birga, ikkala model ham juda qulay va kundalik sayohatlar uchun foydalanish mumkin.
Umuman olganda, Amerika avtomobil bozorining o‘nta yetakchisi quyidagicha:
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →