Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

Mamlakat rasmiylari imtihon paytidagi firibgarliklarga qarshi kurash maqsadida shunday yo‘l tutganini ta’kidlamoqda..

Mamlakat rasmiylari imtihon paytidagi firibgarliklarga qarshi kurash maqsadida shunday yo‘l tutganini ta’kidlamoqda.

Hindiston hukumati «mamlakat suvereniteti va yaxlitligi manfaatlari» yo‘lida veb-saytlar va ilovalarga kirishni bloklash imkonini beruvchi qonun doirasida Telegram messenjerini chekladi, deb yozdi Reuters.

Bunday chora 22 iyunga qadar abituriyentlar tibbiyot kollejlariga o‘qishga kiradigan milliy imtihonni (NEET) takror o‘tkazish maqsadida qabul qilindi. Hindiston Ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, firibgarlar abituriyentlarni aldash uchun Telegram’dan foydalangan. Xususan, ular pul evaziga imtihon materiallaridan foydalanish imkoniyatini taklif qilgan.

Bungacha imtihon 3 may kuni o‘tkazilgan va butun mamlakat bo‘ylab deyarli 2,28 million kishi imtihon topshirgan edi. Biroq bir necha kundan keyin imtihon savollari sizib chiqqani ma’lum bo‘ldi. Bu esa ota-onalar va abituriyentlarning noroziligini keltirib chiqardi.

Imtihonni o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan Milliy test agentligi (NTA) uning natijalarini haqiqiy emas deb topdi. Yangi imtihon 21 iyunga belgilandi. NTA Telegram’ning cheklanishi yuz minglab oddiy foydalanuvchilarga noqulaylik tug‘dirishini tan oldi, biroq bloklash oxirgi chora bo‘lganini ta’kidladi, chunki platformadan kontentni olib tashlash bo‘yicha boshqa urinishlar natija bermagan.

Telegram hozircha Hindistondagi cheklovlarga izoh bermadi. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, 16 iyun kuni ertalab messenjer mamlakatda erkin ishlashda davom etgan. Shu bilan birga, agentlikning ta’kidlashicha, Hindiston Telegram uchun eng yirik bozor bo‘lib, u yerda 104 millionga yaqin foydalanuvchi mavjud. Taqqoslash uchun: Rossiyada ular 34,4 millionga yaqin, AQShda 26,85 million, Braziliyada esa 14,85 million. Biroq, WhatsApp Hindistonda xabar almashish uchun asosiy platforma bo‘lib qolmoqda.

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön