Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ilk a’zolari e’lon qilindi.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 17 dk önce

Toshkent xalqaro investitsiya forumida AQSh-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tarkibiga kiradigan AQSh hukumati vakillari e’lon qilindi..

Toshkent xalqaro investitsiya forumida AQSh-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tarkibiga kiradigan AQSh hukumati vakillari e’lon qilindi.

Bu haqda 16 iyun kuni O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi xabar berdi.

AQSh Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (DFC) vitse-prezidenti Betani Akvilina Brez;

Kaleb Orr, davlat kotibining iqtisodiy, energetika va biznes masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

Kengash faoliyatiga 2026 yil aprel oyida Vashingtonda rasman start berilgan edi. Platforma ikki mamlakat o‘rtasidagi savdoni jadallashtirish va xususiy sektor investitsiyalarini rag‘batlantirish uchun asosiy maydon hisoblanadi. Kengashning hamraislari AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor va O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hisoblanadi.

Kengash Amerika kompaniyalariga AQSh hukumati tomonidan moliyalashtirishga, O‘zbekistonda yirik loyihalarni amalga oshirish uchun savdoni rivojlantirish va bozorni rivojlantirish vositalariga bevosita kirish imkonini beradi.

«O‘zbekiston AQSh texnologiya, mudofaa va energetika sohalari uchun zarur bo‘lgan muhim foydali qazilmalarning salmoqli zaxiralariga ega. Kengash Qo‘shma Shtatlarning ushbu resurslardan foydalanishini shaffof, o‘zaro manfaatli hamkorlik orqali kengaytirish uchun bevosita mexanizmni ta’minlaydi. Kengashning amerikalik a’zolari o‘z ishtiroki bilan Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekistondagi tijorat hamkorligi uchun institutsional asosni chuqurlashtiradi», deyiladi AQSh elchixonasi xabarida.

AQSh-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi 2025 yil 6 noyabrda bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo - AQSh» (C5+1) sammitida erishilgan kelishuvlar doirasida tashkil etilgan. Kengashning birinchi yig‘ilishi 2026 yil fevral oyida bo‘lib o‘tdi.

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön