O‘zbekistonlik hakamlar Shotlandiya - Marokash o‘yiniga tayinlandi.
Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi mundialdagi ilk tayinlovni oldi..
Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi mundialdagi ilk tayinlovni oldi.
AQSh, Kanada va Meksikada o‘tayotgan Jahon chempionati doirasidagi Shotlandiya — Marokash o‘yiniga o‘zbekistonlik hakamlar guruhi tayinlandi.
O‘FA xabariga ko‘ra, bahsni Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida boshqaradi. Unga qanotlarda Andrey Tsapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.
Ilgiz Tantashev jahon chempionati o‘yinini boshqargan o‘zbekistonlik ikkinchi hakam bo‘lishi kutilmoqda.
Undan oldin Ravshan Ermatov 2010, 2014 va 2018 yilgi turnirlarda bosh hakam bo‘lib ishlagan va jami 11 ta o‘yinni boshqargan edi. Bu dunyo miqyosidagi rekord hisoblanadi.
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →