Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi.
Braziliya Oliy sudi mamlakatning sobiq prezidenti Jair Bolsonaruning o‘g‘li Eduardu Bolsonaruni davlat manfaatlariga zid harakat qilganlikda aybdor deb topib, 4 yil-u 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Sud qarori siyosatchining AQShda yashab kelayotgani sababli sirtdan chiqarildi..
Braziliya Oliy sudi mamlakatning sobiq prezidenti Jair Bolsonaruning o‘g‘li Eduardu Bolsonaruni davlat manfaatlariga zid harakat qilganlikda aybdor deb topib, 4 yil-u 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Sud qarori siyosatchining AQShda yashab kelayotgani sababli sirtdan chiqarildi.
Sud materiallariga ko‘ra, 41 yoshli Eduardu Bolsonaru otasiga qarshi olib borilayotgan sud jarayonlari munosabati bilan AQSh hukumatini Braziliyaga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirgan. Oliy sud bu harakatlarni davlat institutlariga bosim o‘tkazish va mamlakat manfaatlariga zid tashqi lobbichilik faoliyati sifatida baholagan.
Sudya Aleshandre de Moraes qarorni e’lon qilar ekan, Bolsonaruning harakatlari sud hokimiyati hamda davlatning boshqa tarmoqlari faoliyatiga tahdid sifatida qabul qilinganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchi xorijda turib Braziliyaning ichki ishlariga tashqi bosim orqali ta’sir ko‘rsatishga uringan.
Qamoq jazosidan tashqari, Eduardu Bolsonaruga sakkiz yil davomida davlat lavozimlarini egallash ham taqiqlandi. U 2015–2025 yillar davomida Braziliya parlamenti quyi palatasi deputati sifatida faoliyat yuritgan.
Hozirda Eduardu Bolsonaru AQSh hududida yashamoqda. Shu bois sud qarori uning ishtirokisiz qabul qilingan. Braziliya huquq-tartibot organlari ma’lum qilishicha, u mamlakatga qaytgan taqdirda darhol hibsga olinishi mumkin.
Bu ish Braziliyadagi yirik siyosiy mojarolardan biri hisoblangan Bolsonaru oilasiga qarshi navbatdagi sud qarori bo‘ldi. Mamlakatning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru 2019–2023 yillarda davlat rahbari bo‘lgan. U 2025 yil sentabrida davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rish va hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashga urinish ayblovlari bo‘yicha aybdor deb topilib, 27 yil-u 3 oy muddatga qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Ayni paytda Braziliyada 2026 yil oktyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan prezidentlik saylovlari uchun siyosiy tayyorgarlik boshlangan. Unda amaldagi prezident Luis Inasiu Lula da Silva yana nomzod sifatida ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, qamoqdagi sobiq prezidentning yana bir o‘g‘li — Flaviu Bolsonaru ham saylovda qatnashish istagini bildirgan.
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →