Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

Surxondaryo viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar, Chegara qo‘shinlari va bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Afg‘onistondan O‘zbekistonga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan jami 37,6 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilinib, ushbu jinoyatlarga aloqador shaxslar qo‘lga olindi..

Surxondaryo viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar, Chegara qo‘shinlari va bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Afg‘onistondan O‘zbekistonga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan jami 37,6 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilinib, ushbu jinoyatlarga aloqador shaxslar qo‘lga olindi.

Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qilishicha, Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarma va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Afg‘onistondan mamlakat hududiga 25 kg 444 gramm «opiy» hamda 11 kg 86 gramm «gashish» moddalari kontrabanda qilingani aniqlangan.

Shundan so‘ng giyohvandlik vositalarining buyurtmachilarini aniqlash va qo‘lga olish maqsadida maxsus choralar ko‘rilgan. Natijada nazorat ostida Samarqand shahriga yetkazilgan narkotik moddalarni qabul qilib olish vaqtida 1989 va 1997 yillarda tug‘ilgan ikki nafar mahalliy fuqaro hamda 1993 va 1995 yillarda tug‘ilgan ikki nafar xorijlik fuqaro ushlangan.

Bundan tashqari, DXXning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Chegara qo‘shinlari, ichki ishlar va bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda ikki nafar Afg‘oniston fuqarosi Termiz xalqaro savdo markazida 1 kg 76 gramm «opiy» moddasini shartli xaridorga 5 ming AQSh dollariga sotish vaqtida qo‘lga olingan.

Tergov jarayonida mazkur shaxslar giyohvandlik vositalarini mamlakat hududiga yashirin olib kirish uchun o‘z ichki organlaridan «jonli konteyner» sifatida foydalangani ma’lum bo‘lgan.

Har ikki holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön