Andijonda 160 ming dollarlik yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi.
Andijon viloyatida davlat zaxirasidagi yer maydonini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, katta miqdorda pul talab qilgan shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi. U kelishilgan mablag‘ning bir qismini olayotgan vaqtida ushlangan..
Andijon viloyatida davlat zaxirasidagi yer maydonini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, katta miqdorda pul talab qilgan shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi. U kelishilgan mablag‘ning bir qismini olayotgan vaqtida ushlangan.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Andijon viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tergovga qadar tekshiruv materiallariga ko‘ra, fuqaro Z.Yu. boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zini go‘yoki Andijon viloyati Statistika boshqarmasi xodimi sifatida tanishtirgan. U Andijon tumanidagi Yo‘ldosh Oxunboboyev massivida joylashgan davlat zaxirasi yer maydoni auksion orqali uning farzandi nomiga rasmiylashtirilgani haqida yolg‘on ma’lumot bergan.
Shundan so‘ng mazkur 40 sotix yer maydonining hujjatlarini kelgusida xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, bu xizmat uchun 160 ming AQSh dollari talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi kelishilgan mablag‘ning dastlabki qismi hisoblangan 80 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda ishning barcha holatlarini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mutasaddilar fuqarolarni yer ajratish, auksion savdolari va mulkni rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalarda faqat rasmiy manbalar va qonuniy tartiblarga tayanishga chaqirmoqda.
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →