Yangi Toshkent megapolisi va transport koridorlari investorlarga taqdim etildi.
Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida O‘zbekiston transport-logistika, shaharsozlik, turizm va agrosanoat sohalaridagi yirik loyihalarni xalqaro investorlarga taqdim etdi. Ular orasida Yangi Toshkent megapolisi, strategik transport koridorlari va milliardlab dollarlik infratuzilma tashabbuslari bor..
Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida O‘zbekiston transport-logistika, shaharsozlik, turizm va agrosanoat sohalaridagi yirik loyihalarni xalqaro investorlarga taqdim etdi. Ular orasida Yangi Toshkent megapolisi, strategik transport koridorlari va milliardlab dollarlik infratuzilma tashabbuslari bor.
Prezident Shavkat Mirziyoyev forumda so‘zlar ekan, Markaziy Osiyo so‘nggi yillarda o‘zaro bog‘liq va tashqi bozorlarga ochiq hududga aylanayotganini ta’kidladi. Shu munosabat bilan Xitoy va Qirg‘iziston bilan hamkorlikda temiryo‘l qurilishi, Transafg‘on koridori hamda Kaspiy dengizi orqali o‘tadigan «O‘rta koridor» loyihalari faol rivojlantirilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, saudiyalik hamkorlar ishtirokida yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilayotgani ma’lum qilindi. Investorlarga tezyurar avtomobil yo‘llari, ko‘p funksiyali logistika markazlari va «quruq portlar»ni barpo etish loyihalarida ishtirok etish taklif etildi.
Forumda hududlarni rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, poytaxt atrofida 2 million aholiga mo‘ljallangan Yangi Toshkent megapolisi barpo etilayotgani, Andijon, Namangan va Samarqandni millionli shaharlarga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlar boshlangani ta’kidlandi.
Prezidentning ma’lum qilishicha, mamlakatda uy-joy qurilishi sohasining yillik bozori kamida 10 milliard dollarni tashkil etadi. Shuningdek, infratuzilma sohasida investorlar bilan birgalikda 27 milliard dollarlik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Davlat rahbari turizm va agrosanoat sohalarida ham katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etib, mahalliy va xorijiy investorlarni hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalarda faol ishtirok etishga chaqirdi.
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →