Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin.
O‘zbekistonda yaroqlilik muddati o‘tgan yoki belgilangan tartibda ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan oziq-ovqat mahsulotlarini sotganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish rejalashtirilmoqda. Bu bo‘yicha qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi..
O‘zbekistonda yaroqlilik muddati o‘tgan yoki belgilangan tartibda ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan oziq-ovqat mahsulotlarini sotganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish rejalashtirilmoqda. Bu bo‘yicha qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida aholi salomatligi va hayotini muhofaza qilishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi. Hujjat bilan «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksning 178-moddasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda.
Loyihaga ko‘ra, yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarni, shuningdek, ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi majburiy bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini ushbu ma’lumotlarsiz realizatsiya qilish yoki sotish maqsadida qabul qilganlik uchun belgilangan jarimalar miqdori oshiriladi.
Ta’kidlanishicha, mazkur tashabbus iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, bozorlarda mahsulotlar sifati ustidan nazoratni kuchaytirish hamda aholi salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasining dolzarbligi va amaliy ahamiyatiga alohida to‘xtalib, ayrim normalar yuzasidan qonun tashabbuskorlariga savollar berdi. Shuningdek, hujjatni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ham bildirildi.
Bahs-munozaralardan so‘ng qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →