FVB tizimiga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

Buxoro viloyatida fuqaroni Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimiga ishga joylashtirib berishni va’da qilgan shaxs 3,5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi..

Buxoro viloyatida fuqaroni Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimiga ishga joylashtirib berishni va’da qilgan shaxs 3,5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. fuqaro S.I.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimiga ishga kirish imtihonlaridan o‘tkazib berishini aytgan.

Ma’lum qilinishicha, u mazkur xizmat evaziga 3 500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön