Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

Xalqaro konsalting kompaniyasi Boston Consulting Group (BCG) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatorida qayd etildi. Poytaxt “o‘zgarish sur’ati” ko‘rsatkichi bo‘yicha jahonning bir qator yirik shaharlarini ortda qoldirib, yuqori o‘rinlardan birini egallagan..

Xalqaro konsalting kompaniyasi Boston Consulting Group (BCG) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatorida qayd etildi. Poytaxt “o‘zgarish sur’ati” ko‘rsatkichi bo‘yicha jahonning bir qator yirik shaharlarini ortda qoldirib, yuqori o‘rinlardan birini egallagan.

BCG tomonidan tayyorlangan tadqiqotda dunyoning turli shaharlari iqtisodiy imkoniyatlar, yashash sifati, ijtimoiy kapital, davlat boshqaruvi bilan o‘zaro munosabatlar hamda o‘zgarishlarga moslashish sur’ati kabi mezonlar asosida baholangan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, Toshkent “o‘zgarish sur’ati” yo‘nalishida Xitoyning Shenchjyen shahri va Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddan keyingi yuqori pog‘onani egallagan. Bu esa so‘nggi yillarda shaharda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya jarayonlari xalqaro darajada ham e’tirof etilayotganini ko‘rsatadi.

Tadqiqot mualliflari Toshkentning yuqori natijalarini avvalo iqtisodiy faollikning o‘sishi, yangi imkoniyatlarning paydo bo‘lishi hamda davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi bilan izohlagan. Shuningdek, aholi va davlat idoralari o‘rtasidagi muloqot mexanizmlarining takomillashib borayotgani ham muhim omil sifatida qayd etilgan.

So‘nggi yillarda Toshkentda transport infratuzilmasini yangilash, yangi turar joy massivlari va jamoat hududlarini barpo etish, raqamli davlat xizmatlarini keng joriy qilish hamda investitsiyaviy muhitni yaxshilash bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, xalqaro reytinglarda qayd etilayotgan bunday natijalar Toshkentning mintaqadagi iqtisodiy va shaharsozlik markazlaridan biri sifatidagi nufuzi ortib borayotganini ko‘rsatadi.

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön