«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 35 dk önce

AQSh Prezidenti Donald Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini ommaviy ravishda, kamdan-kam uchraydigan tarzda tanqid qildi. U «dushmanlarni qidirish» uchun butun boshli turar joy binolarini bombardimon qilish shart emasligini ta’kidladi..

AQSh Prezidenti Donald Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini ommaviy ravishda, kamdan-kam uchraydigan tarzda tanqid qildi. U «dushmanlarni qidirish» uchun butun boshli turar joy binolarini bombardimon qilish shart emasligini ta’kidladi.

So‘nggi kunlarda Tramp Isroilning Bayrutga uyushtirgan hujumlaridan noroziligini bildirgandi. Uning fikricha, Isroil Hizbullohga qarshi «haddan tashqari uzoq vaqt»dan beri urush olib boryapti.

«Juda ko‘p odam halok bo‘ldi. Har safar kimnidir qidirayotganda turar joy binosini vayron qilish shart emas, chunki u yerda ko‘plab odamlar yashaydi va ularning hammasi ham Hizbulloh emas», dedi Tramp Fransiyadagi G7 sammitida.

Trampning bu e’tirozi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan munosabatlarda keskinlik kuchaygan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Vaholanki, u va Netanyahu yillar davomida asosiy siyosiy ittifoqchi bo‘lib qolayotgandi.

So‘nggi vaqtlarda keskinlik yanada yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Isroil rasmiylari AQSh-Eron kelishuvidan yashirincha norozilik bildirmoqda. Tramp esa Isroilning Bayrutga bergan zarbalari tufayli Netanyahuni haqoratli so‘zlar bilan «siyladi». Chunki bu zarbalar aynan Tramp tinchlik bitimini yakunlash ustida ishlayotgan bir paytda Eronning qarshi hujumlariga sabab bo‘ldi.

“Without US there would be no Israel” Trump. pic.twitter.com/pnfJDzWse5

So‘zida davom etarkan, Tramp Netanyahu bilan «ajoyib munosabatda» ekanini aytdi, biroq shu bilan birga u Livan masalasida «mas’uliyatliroq» bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

«Bizsiz, Amerika Qo‘shma Shtatlarisiz Isroil mavjud bo‘lmas edi. Mensiz Isroil bo‘lmas edi. Chunki boshqa hech bir prezident men qilgan ishlarni qilishga tayyor emas edi», dedi Tramp.

Ikki yetakchi Isroilning Livanda Hizbullohni ta’qib qilishni cheklashdan bosh tortgani sababli avval ham bir necha bor to‘qnash kelishgan. Chunki Livanda harbiy harakatlarni to‘xtatish Eronning asosiy talabidir.

Tramp ushbu fikrlarini bildirishidan ko‘p o‘tmay, prezidentning ommaviy chiqishlaridan lavhalar ulashadigan rasmiy sahifasida aynan shu so‘zlar aks etgan video joylashtirildi. Oq uy prezident Trampning Netanyahu bilan mustahkam munosabatlari borligini va Isroil mudofaa kuchlari «ajoyib hamkorlar» ekanini ta’kidladi.

«Isroilning Prezident Trampdan ko‘ra sodiqroq do‘sti va tinchlik uchun kurashchisi bo‘lmagan... AQSh va Isroilning Eron rejimiga yadro qurolini yaratish imkoniyatini bermaslik borasidagi qat’iy harakatlari tufayli amerikaliklar va butun dunyodagi ittifoqchilarimiz allaqachon xavfsizroq muhitda yashamoqda», dedi Oq uy rasmiysi.

Reutersʼning yozishicha, Trampning ushbu

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön