JChda 6-kun. Messi va Mbappeda rekordlar, koreyslar bazasida mojaro, nemislar bazasida ilon.

💻 Teknoloji 📰 Uzbekistan 🕐 1 saat önce

39 yosh arafasidagi hujumchi jahon chempionatlaridagi gollari sonini 16 taga yetkazib, turnir tarixidagi eng yaxshi to‘purar Miroslav Klozega yetib oldi..

39 yosh arafasidagi hujumchi jahon chempionatlaridagi gollari sonini 16 taga yetkazib, turnir tarixidagi eng yaxshi to‘purar Miroslav Klozega yetib oldi.

Jahon chempionatining navbatdagi kunida syurprizlar bo‘lmadi. Fransiya birinchi bo‘limni nursiz o‘tkazganiga qaramay, baribir Kilian Mbappening dubli evaziga Senegalni taslim etdi (3:1). Keyin esa Erling Holand yetakchiligidagi norvegiyaliklar Iroqqa hech qanday imkoniyat qoldirishmadi (4:1), undan keyin Argentina Jazoir bilan o‘yinda Messining gollari evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi (3:0), Avstriya esa Iordaniyani mag‘lub etdi (3:1).

Maydon tashqarisida ham qiziqarli voqealar bo‘lib o‘tmoqda: Tunis yangi bosh murabbiyga ega bo‘ldi, koreyaliklar jurnalistlarga boykot e’lon qildi, inglizlar va o‘zbekistonliklar o‘yinga bir kun qolganida yakuniy tarkibdagi futbolchilarini almashtirishdi.

Iroq – Norvegiya 1:4 Gollar: Holand, 29 (0:1). Husayn, 39 (1:1). Holand, 43 (1:2). Estigor, 76 (1:3). Husayn, 90+6 – avtogol (1:4) Iroq: Jalol, Tahsin, Hoshim, Doski, Ali (Saadun, 73), Al-Ammariy, Ismoil (Farji, 59), Yasim (Qosim, 73), Bayyesh (Muhanad, 78), Al-Hamadi (Iqbol, 59), Husayn Norvegiya: Nyulann, Ayyer, Heggem, Volfe (Estigor, 73), Ryuerson, Berge, Eursnes (Torstvedt, 73), Nusa (Bobb, 73), Edegor (Berg, 81), Syorlot (Shelderup, 73), Holand Ogohlantirish: Tahsin, 86

Iroq va Norvegiya juftligi favorit aniq edi. Garchi ikki jamoa ham jahon chempionatiga uzoq tanaffusdan keyin (mos ravishda 1986 va 1998 yillar) qaytgan bo‘lsa-da, tarkiblar borasidagi farq juda katta edi. Va bu maydonda ham o‘z so‘zini aytdi.

O‘yin starti norveglar uchun kutilganidek oson kechmadi: ular ancha vaqtgacha iroqliklarning himoya devorini buza olishmadi. Suv ichib olish uchun qilingan tanaffusda esa skandinavlar yangicha texnologiyani namoyish etishdi – futbolchilar bu vaqtda muz solingan maxsus salqinlantiruvchi ryukzaklar taqib olishdi. Bundan faqat Erling Holand foydalanmadi.

Shu kuni ushbu forvardga katta e’tibor qaratilgandi – o‘z avlodining asosiy yulduzlaridan biri sanalgan ushbu futbolchi faoliyatida ilk marta jahon chempionatiga chiqqandi. U qattiq harakat qildi: ma’lumot uchun, Holand Yevropadagi saralash turnirida sakkiz o‘yinda 16 gol bilan yaqqol to‘purar bo‘lgandi. U jahon chempionatida ham o‘z darajasini namoyish etib, birinchi bo‘limdayoq dublni rasmiylashtirdi. E’tiborli tomoni, u 43 daqiqa ichida Norvegiyaning jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purari (2) Xetil Andre Rekdalning natijasini takrorladi. Rekdal o‘z gollarini ikkita jahon chempionatidagi yetti o‘yinda urgandi.

Holandning birinchi bo‘li

#app

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön