O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, energetika, transport, logistika va yuqori texnologiyalar sohalaridagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi..
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, energetika, transport, logistika va yuqori texnologiyalar sohalaridagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Suhbat avvalida BAA delegatsiyasi rahbari davlat rahbariga mamlakat prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, bosh vaziri va Dubay amiri Shayx Muhammad Ol Maktum, vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon hamda Abu-Dabi Amirligi valiahdi Shayx Holid Ol Nahayonning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda keyingi yillarda O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari jadal sur’atlarda rivojlanayotgani qayd etildi. Tomonlar o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi, investitsiyalar oqimi va qo‘shma korxonalar soni izchil ortib bormoqda.
Shuningdek, Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida BAAning yetakchi kompaniyalari bilan qator yangi kelishuvlarni imzolash rejalashtirilgani ta’kidlandi.
Muzokaralarda “yashil” energetika, zamonaviy yoqilg‘i turlarini ishlab chiqarish, transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, raqamlashtirish hamda boshqa istiqbolli yo‘nalishlardagi yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →