Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi ehtiyotkorlik bilan o‘ynaymiz – Kannavaro.
U tarkibdagi barcha futbolchilar o‘yinga tayyor holatda ekanini aytgan, shuningdek, guruhdagi raqiblar haqidagi fikrlarini bildirib o‘tgan..
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro hamda jamoa sardori Eldor Shomurodov 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi kechadigan o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
U tarkibdagi barcha futbolchilar o‘yinga tayyor holatda ekanini aytgan, shuningdek, guruhdagi raqiblar haqidagi fikrlarini bildirib o‘tgan.
«Husanov albatta muhim himoyachilarimizdan bittasi, unda hali yanada yuqori darajaga chiqish imkoniyati bor. U ayni paytda ham yuqori darajada o‘yinlar ko‘rsatib kelmoqda.
O‘ylaymanki, bu yerda eng yaxshi fazilatlarimizni, o‘zbeklarning mentalitetini namoyish qilishga kelganmiz. Men jamoa bilan ishlaganimda o‘z tajribamni ulashishga harakat qildim. Chunki men ham qachonlardir ilk bor Jahon chempionatida debyut qilganman va o‘z tajribalarimni yetkazib boryapman.
Kolumbiya va Portugaliya kabi jamoalar yuqori darajadagi o‘yin namoyish etishadi. Ularning tarkibida kuchli futbolchilar bor. Ularga qarshi o‘yinda ehtiyotkorlik bilan o‘ynaymiz. Kolumbiyada nafaqat Hames, balki ko‘plab yaxshi darajadagi futbolchilari bor.
Kolumbiyani tahlil qildik, oxiriga qadar o‘ynaydi. Biz ham o‘z imkoniyatimizni namoyish etib, maydonga tushamiz», deya Kannavaroning so‘zlarini keltiradi O‘FA matbuot xizmati.
Bosh murabbiydan birinchi tur arafasida Jaloliddin Masharipov tarkibdan chetlatilgani haqida ham so‘ralgan. Italiyalik mutaxassis ushbu futbolchi so‘nggi 8 oyda atigi 20 daqiqa o‘ynagani va tarkibdan chetlatish qarori tizzasidagi muammo tufayli emas, balki boshqa jarohat sababli qabul qilinganini aytdi. «Biz katta tavakkal qilmaslikka qaror qildik. Afsuski, ajoyib bir o‘yinchimizni yo‘qotdik», – deya uning so‘zlarini keltiradi Gazeta muxbiri.
Shuningdek, jamoa yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayevning jahon chempionatiga tayyorgarlik mashg‘ulotlarining yuklamasi og‘irligi ekani haqidagi so‘zlariga izoh berar ekan, Fabio Kannavaro shunday deydi: «Agar nimagadir erishmoqchi bo‘lsangiz, qiyinchiliklardan o‘tishingiz va buni hammaga isbotlashingiz kerak. Mashg‘ulotlarda qiyinchiliklar bo‘lishi tabiiy hol».
Jamoa sardori Eldor Shomurodov ham matbuot anjumanidagi savollarga javob qaytardi.
«Hammaning kayfiyati a’lo darajada, ilk bor jahon chempionatida qatnashyapmiz. Hayajon bor, lekin hech qanday bosim yo‘q. Barcha futbolchilarimiz ushbu o‘yinni intiqlik bilan kutyapti», – degan u jamoa ichidagi muhit haqida.
«Albatta uzoq kutilgan Jahon chempionati jamoa sardori sifatida qatnashish — men uchun katta g‘urur. Ertaga ijobiy natija qayd etishimizga umid qilaman. Xalqimizdan esa bizni qo‘llab-quvvatlashini so‘rab qolaman. Bizda bosim yo
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →