Alfraganus universiteti hamda AQShdagi Logan oliygohi o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

Kelishuvga muvofiq, tomonlar qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshiradi. Bu esa talabalarga har ikki universitetning diplomini olish imkonini beradi..

Kelishuvga muvofiq, tomonlar qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshiradi. Bu esa talabalarga har ikki universitetning diplomini olish imkonini beradi.

Mazkur kelishuvga Logan universiteti delegatsiyasining 8–18 iyun kunlari O‘zbekistonga amalga oshirayotgan rasmiy tashrifi doirasida erishildi.

Tadbirda O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi, Migratsiya agentligi hamda ikki oliygoh rahbariyati vakillari ishtirok etdi.

Tomonlar akademik hamkorlikni kengaytirish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish masalalarini muhokama qildi.

“Amerika Qo‘shma Shtatlari oliy o‘quv yurti bilan uzoq yillik strategik hamkorlikka erishdik. Ushbu memorandumdan so‘ng, Logan universiteti bilan qo‘shma dastur asosida tahsil olayotgan talabalar o‘quv yili oxirida ikki oliygoh diplomini qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ladi”, – deydi Alfraganus universiteti rektori Azizbek Ismoilov.

Hamkorlik ta’lim, ilmiy-tadqiqotlar, akademik almashinuv, qo‘shma nashrlar va yangi loyihalarni qamrab oladi. Qayd etilishicha, Logan universiteti Alfraganus oliygohida AQSh tajribasiga asoslangan tibbiyot ta’limi dasturlari, xususan, xiropraktika va boshqa sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

“Uchrashuvda qo‘shma diplom dasturini ham muhokama qildik. Unga ko‘ra, Alfraganus talabalari Sent-Luis shahrida offlayn, Logan universitetida onlayn ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Xuddi shunday sharoitlar Logan universiteti talabalari uchun ham yo‘lga qo‘yiladi”, – deydi Logan universiteti rektori Garret Tompson.

Tashrif doirasida ikki universitetning qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish uchun barpo etilgan yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi. Alfraganus universiteti ma’lumotiga ko‘ra, bino zamonaviy auditoriyalar, amaliy mashg‘ulotlar xonalari, ilg‘or ta’lim texnologiyalari bilan jihozlangan o‘quv infratuzilmasini o‘z ichiga oladi.

“Biz ikki oy avval AQShning Missuri shtati Sent-Luis shahrida ilk uchrashuvni tashkil qilgan edik. Oradan qisqa vaqt o‘tib, bugun ana shu muloqotlarning amaliy natijasiga guvoh bo‘lib turibmiz. Mazkur loyiha AQSh va O‘zbekiston o‘rtasida tibbiyot ta’limi sohasidagi dastlabki hamkorliklardan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda tibbiyot diplomatiyasi mamlakatimiz oldida turgan ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Chunki bunday hamkorliklar orqali AQShning ilg‘or tajribasi, zamonaviy texnologiyalari va innovatsion yondashuvlarini O‘zbekistonga olib kirish imkoniyati yaratilmoqda. Eng muhim

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön