Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

So‘nggi haftalarda Ukraina tomonidan Rossiya ichkarisiga yo‘naltirilayotgan zarbalar ko‘paydi. Bu holat nafaqat front chizig‘idagi vaziyatga, balki umumiy harbiy va siyosiy muvozanatga ham ta’sir qilmoqda. Tahlilchilarga ko‘ra, bunday zarbalar Rossiyani o‘z harbiy resurslarini qayta taqsimlashga majburlashdan tashqari, siyosiy va psixologik bosim hamda iqtisodiy muammolar to‘rini vujudga keltirmoqda..

So‘nggi haftalarda Ukraina tomonidan Rossiya ichkarisiga yo‘naltirilayotgan zarbalar ko‘paydi. Bu holat nafaqat front chizig‘idagi vaziyatga, balki umumiy harbiy va siyosiy muvozanatga ham ta’sir qilmoqda. Tahlilchilarga ko‘ra, bunday zarbalar Rossiyani o‘z harbiy resurslarini qayta taqsimlashga majburlashdan tashqari, siyosiy va psixologik bosim hamda iqtisodiy muammolar to‘rini vujudga keltirmoqda.

Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida shu haqda so‘z bordi.

— Ukrainaning Rossiya hududi ichkarisiga tobora chuqurroq kirib borayotgan dron zarbalari frontdagi vaziyatga va ehtimoliy tinchlik muzokaralariga qandaydir ta’sir ko‘rsatadimi?

Anvar Yo‘ldoshev: Albatta, ta’sir ko‘rsatadi. Ukraina tomonidan Rossiyaning ichki hududlariga dronlar orqali berilayotgan zarbalar Rossiyani o‘z harbiy resurslarini qayta taqsimlashga majbur qilmoqda. Xususan, u front chizig‘idagi havo hujumidan mudofaa tizimlarining bir qismini orqa hududlarga – neftni qayta ishlash zavodlari va harbiy ishlab chiqarish obektlarini himoya qilish uchun ko‘chirishga majbur bo‘lmoqda.

Bu esa, o‘z navbatida, frontdagi himoya tizimlarining zaiflashishiga olib kelishi mumkin.

Shu jihatdan, Ukraina uchun bu zarbalar nafaqat harbiy, balki siyosiy ahamiyatga ham ega bo‘lib, kelajakdagi muzokaralarda ma’lum darajada dastak vazifasini bajaradi. Ukrainaning asosiy maqsadi Rossiya hududlarini egallash emas, balki uning harbiy va iqtisodiy infratuzilmasiga zarba berish orqali frontni ta’minlash imkoniyatlarini cheklashdir. Jumladan, neftni qayta ishlash zavodlari va harbiy sanoat obektlariga hujumlar orqali logistika va ta’minot zanjirlariga bosim o‘tkazilmoqda.

Hozirgi vaziyat shuni ko‘rsatadiki, Ukraina bu yo‘nalishda ma’lum natijalarga erishmoqda. Biroq bu holatni Rossiya ustidan to‘liq ustunlik sifatida baholash to‘g‘ri emas. Rossiya ham front chizig‘ida o‘z harbiy harakatlarini davom ettirmoqda va qarshilik ko‘rsatishda davom etyapti.

Kamoliddin Rabbimov: So‘nggi bir-ikki yil ichida Ukraina konfliktni asta-sekin Rossiya hududiga ham ko‘chira boshladi. 2022–2024 yillarda to‘qnashuvlar asosan Ukraina hududida kechayotgan edi. Biroq 2024 yilda Rossiya chegarasiga yaqin ayrim hududlar, xususan Sumi viloyati atrofida vaziyat o‘zgardi va bu kutilmagan burilish bo‘ldi. 2025 yilga kelib esa mojaro yanada chuqurlashib, Rossiyaning ichki hududlariga ham yetib bordi. Masalan, Sibir hududlaridagi strategik aviatsiya obektlariga qaratilgan operatsiyalar bunga misol bo‘la oladi.

Bu orqali Ukraina shuni ko‘rsatmoqdaki: urush faqat bir tomon uchun emas, balki har ikki tomon uchun ham maksimal dar

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön