Agrobank “Qahramonlar” loyihasida Otabek Shukurovning katta futbol sari yo‘lini hikoya qildi.
Agrobank’ning “Qahramonlar” hujjatli loyihasining navbatdagi soni O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurovga bag‘ishlandi. Filmda futbolchining bolalikdagi orzulari, akademiyadagi sinovlari, legionerlik bosimi, maydon ortidagi mehnati va professional futbolgacha bo‘lgan mashaqqatli yo‘li xaqida..
Agrobank’ning “Qahramonlar” hujjatli loyihasining navbatdagi soni O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurovga bag‘ishlandi. Filmda futbolchining bolalikdagi orzulari, akademiyadagi sinovlari, legionerlik bosimi, maydon ortidagi mehnati va professional futbolgacha bo‘lgan mashaqqatli yo‘li xaqida.
Agrobank Jahon chempionati translatsiyasining bosh homiysi sifatida futbol muxlislariga nafaqat muhim sport voqeligini, balki uning ortida turgan insoniy hikoyalarni ham yoritib bermoqda. “Qahramonlar” loyihasining ushbu soni Otabek Shukurov misolida futbolchilik kasbi qanday fidoyilik, intizom va sabr talab qilishini ko‘rsatadi.
“Qahramonlar” — o‘z sohasida mehnati, mas’uliyati va fidoyiligi bilan ajralib turgan insonlarning real hikoyalarini hujjatli formatda taqdim etuvchi loyiha. Unda qahramonlarga o‘z yo‘li, sinovlari, qarorlari va hayotiy tajribasi haqida bevosita so‘zlash imkoniyati beriladi. Avvalgi sonlarda turli soha vakillari hikoya qilingan bo‘lsa, bu gal loyiha markazida futbol va milliy terma jamoa vakili — Otabek Shukurov mehmon bo‘ldi.
Filmda Otabek Shukurov futbolga oddiy qiziqish emas, hayot tarzidek qarash kerakligini aytadi. Uning fikricha, professional futbolchi bo‘lish uchun futbol insonning har bir kunida, har bir qarorida va hatto har bir nafasida bo‘lishi kerak. Aks holda, bu yo‘l u uchun muvaffaqiyatli bo‘lmasligi mumkin.
Otabek Shukurov bolalik va akademiya davridagi qiyinchiliklarni eslar ekan, futbolchining ilk sinovlari maydondagi katta o‘yinlardan ancha oldin boshlanishini ta’kidlaydi. U akademiyada qishin-yozin tonggi soat 5 da turib, kun davomida tanaffussiz mashg‘ulotlarda qatnashgan davrlarini eslaydi. Ba’zan kunlar faqat mashg‘ulot, ovqatlanish, uyqu va yana mashg‘ulot bilan o‘tgan. Hatto kulmasdan, ortiqcha gaplashmasdan, bor e’tiborini faqat futbolga qaratgan vaqtlari ham ko‘p bo‘lgan.
Filmning eng ta’sirli epizodlaridan biri — Otabek Shukurovning butsalar bilan bog‘liq xotiralari. Uning aytishicha, futbolda futbolchining butsasi yirtilishi ham bir ma’noda baxt: “Butsasi yirtilmagan futbolchi futbolchi emas”, degan qarash unda erta shakllangan. U akademiyada nafaqat o‘zining, balki safdoshlarining ham yirtilgan butsalarini tikib, ta’mirlab bergan. Bu ish orqali oz bo‘lsa-da pul ishlab, kam-ko‘stini to‘ldirgan.
Shukurovning aytishicha, butsani ta’mirlash uchun shahar markaziga borish mashg‘ulotlardan vaqt olish bilan birga, moliyaviy tomondan ham cho‘ntakka zarar bo‘lgan. Shu sababli u buni o‘zi o‘rganib olgan. Avvaliga bu alohida maqsad bilan boshlanmagan, biroq bir ishni qayta-qayta bajarish natijas
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →