Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi.
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro forumida ishtirok etish uchun kelgan Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin bilan uchrashdi..
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro forumida ishtirok etish uchun kelgan Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin bilan uchrashdi.
Mirziyoyevaning so‘zlariga ko‘ra, suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
“O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari jadal rivojlanishda davom etmoqda. Bugungi kunda biznes, infratuzilma va madaniyat sohalarida ko‘plab qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Yaqin kunlarda Hukumatlararo komissiya hamda Hududlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbirlar sheriklikdagi faoliyatimizning barcha yo‘nalishlariga qo‘shimcha turtki berishiga ishonaman”, – deya yozdi PA rahbari o‘z Telegram-kanalida.
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →