Investorlar uchun yangi kafolatlar va aholidagi mobil telefonlar miqdori - mahalliy dayjest.
Prezident investorlar uchun yangi huquqiy kafolatlarni e’lon qildi. Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi. 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatishi ma’lum bo‘ldi. Andijonda 160 ming dollarlik yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi. Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin. Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz..
Prezident investorlar uchun yangi huquqiy kafolatlarni e’lon qildi. Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi. 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatishi ma’lum bo‘ldi. Andijonda 160 ming dollarlik yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi. Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin. Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.
Prezident investorlar uchun yangi huquqiy kafolatlarni e’lon qildi
O‘zbekistonda investorlar huquqlarini himoya qilish va xalqaro moliyaviy xizmatlar bozorini rivojlantirish maqsadida Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi. Uning ishtirokchilari uchun maxsus huquqiy rejim hamda 50 yillik soliq imtiyozlari joriy qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, markaz ishtirokchilari uchun jozibador soliq tizimi yaratiladi. Xususan, foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, mol-mulk solig‘i hamda bojxona bojlari nol foiz etib belgilanadi. Shuningdek, kapitalning erkin harakati va istalgan valutada hisob-kitob qilish imkoniyati kafolatlanadi.
Markaz hududida moliyaviy texnologiyalar, raqamli aktivlar va «yashil» moliyani rivojlantirish uchun zamonaviy infratuzilma shakllantiriladi. Bundan tashqari, normativ hujjatlar qabul qilish vakolatiga ega mustaqil moliyaviy regulyator tashkil etiladi.
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
Xalqaro konsalting kompaniyasi Boston Consulting Group (BCG) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatorida qayd etildi. Poytaxt “o‘zgarish sur’ati” ko‘rsatkichi bo‘yicha jahonning bir qator yirik shaharlarini ortda qoldirib, yuqori o‘rinlardan birini egallagan.
BCG tomonidan tayyorlangan tadqiqotda dunyoning turli shaharlari iqtisodiy imkoniyatlar, yashash sifati, ijtimoiy kapital, davlat boshqaruvi bilan o‘zaro munosabatlar hamda o‘zgarishlarga moslashish sur’ati kabi mezonlar asosida baholangan.
Tahlil natijalariga ko‘ra, Toshkent “o‘zgarish sur’ati” yo‘nalishida Xitoyning Shenchjyen shahri va Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddan keyingi pog‘onani egallagan. Tadqiqot mualliflari Toshkentning yuqori natijalarini avvalo iqtisodiy faollikning o‘sishi, yangi imkoniyatlarning paydo bo‘lishi hamda davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi bilan izohlagan. Shuningdek, aholi va davlat idoralari o‘rtasidagi muloqot mexanizmlarining takomillashib borayotgani ham muhim omil sifatida qayd etilgan.
10 yoshdan katta ahol
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →