O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer 17 iyun kuni Toshkentda tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi. Shuningdek, qo‘shma bayonot qabul qilib, bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi..
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer 17 iyun kuni Toshkentda tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi. Shuningdek, qo‘shma bayonot qabul qilib, bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi.
Toshkentda o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston – Germaniya hamkorligini yanada rivojlantirish, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalar va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishning asosiy masalalari ko‘rib chiqildi. Davlat rahbarlari sanoat, energetika va “yashil iqtisodiyot”, transport va logistika, tog‘-kon, to‘qimachilik, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanini qayd etdi.
Yetakchilar avtomobilsozlik, maishiy kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish, logistika va malakali kadrlar tayyorlash sohalarida yangi qo‘shma loyiha va dasturlar ishga tushirilayotganini olqishladilar. Toshkentda ikkinchi Universitetlar forumi hamda uchinchi O‘zbekiston – Germaniya tibbiyot forumining o‘tkazilishi qo‘llab-quvvatlandi.
Tomonlar mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashib, ko‘p tomonlama maydonlarda, shu jumladan, “Markaziy Osiyo – Germaniya” formati doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Shundan so‘ng, muzokaralar yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilindi, davlat rahbarlari ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga intilishlarini tasdiqladi. Shuningdek, O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirayotgan va yangilarini boshlashni rejalashtirayotgan Germaniyaning yetakchi kompaniyalari vakillarini samimiy qutladilar.
Ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda shaharlarni barqaror rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni bajarish uchun grant mablag‘lari ajratish va imtiyozli moliyalashtirishni nazarda tutuvchi moliyaviy hamkorlik sohasidagi kelishuvlar imzolandi. Ikki mamlakat yetakchilari huzurida bir qator qo‘shma investitsiya va ta’lim loyihalariga start berildi. Toshkent shahrida “Volkswagen” avtomobillarini yirik uzelli yig‘ishni tashkil etish, Andijon viloyatida logistika markazini barpo etish, suyuq maishiy yuvish vositalarini ishlab chiqarish, temir yo‘l sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash hamda zamonaviy imtihon markazlarini ochish kabi loyihalar shular jumlasidan.
Ta’kidlanishicha, ushbu tashabbuslarni amalga oshirish sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, infratuzilmani rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi sheriklikni ya
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →