O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

Prezident Administratsiyasi rahbari so‘nggi besh yilda mamlakatimizga 123 milliard dollar sarmoya jalb etilganini qayd qildi..

Prezident Administratsiyasi rahbari so‘nggi besh yilda mamlakatimizga 123 milliard dollar sarmoya jalb etilganini qayd qildi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etdi.

«Bu yilgi Toshkent investitsiya forumi dunyoning 100 ta mamlakatidan 4000 dan ziyod ishtirokchini o‘zida jamladi. Anjuman dasturi g‘oyat sermazmun bo‘lib, undan dolzarb global iqtisodiy masalalar muhokamasi, turli davlatlar hukumatlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, investorlar va ekspertlar bilan uchrashuvlar o‘rin olgan.

Forum doirasida Prezidentimiz mamlakatimiz iqtisodiyoti o‘sishini ta’minlaydigan oltita ustuvor yo‘nalishni belgilab berdilar. Bular qatorida kapital bozorini rivojlantirish, "yashil" iqtisodiyot, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda investorlarning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish masalalari bor.

O‘zbekiston o‘zining investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda: so‘nggi besh yilda mamlakatimizga 123 milliard dollar sarmoya jalb etildi. Endigi asosiy vazifa — erishilgan barcha kelishuvlarni iqtisodiyot, biznes va jamiyat farovonligiga xizmat qiladigan real loyihalarga aylantirishdan iborat», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön