“Investorlarni siz deyishga tayyormiz” – Toshkentda investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 23 dk önce

17 iyun kuni beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. Bundan qashqari, yalpi sessiyada Albaniya prezidenti, bosh vazir va vazirlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va siyosatchilar qatnashdi. Investorlarni “siz” deyishga tayyormiz, dedi Mirziyoyev o‘z chiqishida..

17 iyun kuni beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. Bundan qashqari, yalpi sessiyada Albaniya prezidenti, bosh vazir va vazirlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va siyosatchilar qatnashdi. Investorlarni “siz” deyishga tayyormiz, dedi Mirziyoyev o‘z chiqishida.

Forumda bu yili 4 mingdan ortiq delegatlar qatnashmoqda. Prezidentga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekistonga 150 mlrd dollardan ortiq investitsiya jalb qilingan, shundan 123 milliardi oxirgi 5 yilga to‘g‘ri kelmoqda.

Yalpi sessiyada shuningdek, forum uchun kelgan xorijiy davlat prezident va hukumat rahbarlari ham chiqish qildi. Masalan, so‘zga chiqqan Albaniya prezidenti O‘zbekistondan ko‘proq turistlarni davlatiga taklif etdi.

“So‘nggi 10 yilda Albaniya iqtisodi rivojlandi, infratuzilma va aholi hayoti yaxshi tomonga o‘zgardi. Shu o‘rinda aytmoqchiman, Albaniya bugun xorijiy investorlarga o‘z investitsiyasiga 100% egalik huquqini beruvchi huquqiy asoslarga ega davlat. Jiddiy transformatsion bir davrda investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish kerak, deb bilaman”, deydi Albaniya prezidenti.

Rossiya bosh vaziriga ko‘ra, oxirgi yillarda O‘zbekiston bilan Rossiyaning tovar aylanmasi 12,5 foizga o‘sgan.

“Bugungi kunda O‘zbekiston bozorida 3 mingdan ortiq rus kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. 150 ga yaqin investitsiya loyihalariga egamiz, bu kamida 4 trln dollar degani. Istiqbolli yo‘nalishlarimiz ancha, masalan Samarqanddan Sankt-Peterburggacha bo‘lgan turistik yo‘nalishni ishlab chiqdik. Rossiya ishbilarmonlarini yanayam O‘zbekistonda faol bo‘lishga chaqiraman”, dedi Mixail Mishustin.

Ozarboyjon bosh vaziri ham global bozorlardagi o‘zgarishlar sabab investitsiyaviy yaqinlikni kengaytirishni gapirdi.

Belarus bosh vaziriga ko‘ra esa, Minsk Toshkentga sanoat sherikligini taklif qilmoqda.

“Belarus O‘zbekistonga investitsiya kiritish bo‘yicha MDH regionida 2-o‘rinda turibdi. Biz bu davlatga o‘z takliflarimizni berganmiz, ulardan biri sanoat sherikligi. Bizning qishloq xo‘jaligi texnikalarimiz, ayniqsa traktorlar allaqachon O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda”, dedi Belarus bosh vaziri.

Investitsiya forumi ikki kun davomida turli sessiyalarda ham davom etadi. Unda energetika sektori, siyosiy xatarlar va aralash moliyalashtirish, korporativ boshqaruvning kelajagi, mas’uliyatli biznes yuritish, islomiy moliya va sukuk bozorlari, maxsus iqtisodiy zonalar, suv-energiya-oziq-ovqat zanjiri, yengil sanoat loyihalari, elektrotexnika va mashinasozlik, iqlimga mos agro platforma va boshqa mavzular muhokama qilinadi.

O

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön