O‘zbekiston va Ronaldu boshlamoqda – JCh kundaligi.
JChdagi birinchi tur o‘yinlari tugay deb qoldi. Oldingi kundaligimizdan keyin yana to‘rtta guruhda o‘yinlar o‘tkazildi. Ispaniya debyutant jamoani yenga olmadi, Eronni o‘yin tugashi bilan quvishdi, Osiyo jamoalarining mag‘lubiyatsiz seriyasi buzildi. Mbappe, Holland va Messi mundialni juda zo‘r boshladi..
JChdagi birinchi tur o‘yinlari tugay deb qoldi. Oldingi kundaligimizdan keyin yana to‘rtta guruhda o‘yinlar o‘tkazildi. Ispaniya debyutant jamoani yenga olmadi, Eronni o‘yin tugashi bilan quvishdi, Osiyo jamoalarining mag‘lubiyatsiz seriyasi buzildi. Mbappe, Holland va Messi mundialni juda zo‘r boshladi.
Musobaqaning asosiy favoriti deb qaralayotgan Ispaniya musobaqani Afrika vakili bo‘lgan debyutant Kabo-Verde bilan durang o‘ynab boshladi. Butun o‘yin hujum qilgan ispanlar bororta gol ura olmadi. Musobaqadan oldin ispanlarning kuchsiz tomoni deb qaralgan hujum chizig‘i chindan pand berdi.
Hujumda kimlar o‘ynaganini qarang: Mikel Oyarsabal, Ferran Torres, Gavi. Bu futbolchilarni kamsitish adolatdan bo‘lmaydi, lekin Ferran «Barsa»da vaziyatlar kushandasi ekani, Gavi hujumchi emasligi, Oyarsabal o‘rtamiyona hujumchilar sirasiga kirishini hamma biladi. Mikel Yevro finalida Ispaniyaga sovrin olib kelgan g‘alaba golini urgan, Ferranning ham o‘yini chiqib qolsa, ko‘p gol uradi, lekin aynan Kabo-Verde bilan o‘yinda Ispaniya hujum chizig‘i o‘zini ko‘rsata olmadi.
Ispaniya uchun hujumchisiz o‘ynash yangilik emas. Masalan, Yevro-2012 finalida ispanlarda hujumchi sifatida Fabregas, David Silva hamda Iniyesta o‘ynagan. Ya’ni, «Qizil furiya» hujumchisiz o‘ynab ham, bemalol to‘rtta gol urib, chempion bo‘lgan. O‘zi Ispaniyada Torres va Vilyadan keyin yorqin hujumchi chiqmay ham qo‘ydi-da. Yarimhimoya doim kuchli bo‘lgani uchun bu kamchilik bilinmay kelgan.
Ispaniyadek kuchli jamoaga birgina o‘yin bilan baho berish adolatdan emas. Ular 2010 yil ham JChni mag‘lubiyat bilan boshlagan. Yamal yaxshiroq formaga kirsa, Ferran to‘purar bo‘lib ketsa ham, ajablanmang.
Guruhdagi ikkinchi to‘qnashvda Saudiya Arabistoni Urugvay bilan o‘yinda g‘alabani saqlab qola olmadi, lekin osiyoliklarning mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Shu kuni «G» guruhidagi ikki o‘yinda ham durang natija qayd etildi. Belgiya va Misr, to‘g‘risi, o‘rtacha o‘yin ko‘rsatdi. Belgiya oltin avlodining qolgan a’zolari oldingi kabi yorqin o‘yin ko‘rsata olmadi, Misrda ham asosiy yulduz Saloh o‘z darajasida emas. O‘yinni ko‘rgach, bu jamoalar musobaqada uzoqqa borishiga shaxsan men ishonmadim.
Qaytanga guruhning ikkinchi o‘yini qiziq kechdi. Katta qiyinchilik bilan Amerikaga yetib borgan Eron Yangi Zelandiya bilan durang o‘ynadi. Zelandiyadan Jast degan yigit ikkita gol urdi. Har ikki golda APL yulduzi Kris Vud assistent bo‘ldi. Eronda o‘zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish «Istiqlol» himoyachisi Ramin Rizoyan qahramon bo‘ldi. U avval o‘zi gol urdi, keyin Mohibining chiroyli goliga pas berdi va o‘yinn
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →