“Qora qit’a”ni qutqarmoqchi bo‘lgan Rayan - afrikaliklar uchun quduq qazib bergan 6 yoshli bola.
2003 yilda dunyodagi bolalarga beriladigan World of Children Awards mukofoti kanadalik 11 yoshli Rayan Herlyakka beriladi. Bola bu nufuzli mukofotni bejizga olmagandi. U 6 yoshidan boshlab pul to‘plab Afrikadagi qishloqlarga suv chiqarib berishga hissa qo‘shib kelayotgandi..
2003 yilda dunyodagi bolalarga beriladigan World of Children Awards mukofoti kanadalik 11 yoshli Rayan Herlyakka beriladi. Bola bu nufuzli mukofotni bejizga olmagandi. U 6 yoshidan boshlab pul to‘plab Afrikadagi qishloqlarga suv chiqarib berishga hissa qo‘shib kelayotgandi.
Ha, dunyoning qaysidir chekkasida olti yoshli bolalar ota-onasiga arzimagan narsa uchun xarshaxa qilib yurganda Rayan Herlyak o‘zi ishlab topgan pullarni afrikaliklar uchun quduq qazishga bergandi.
Barchasi 1998 yilda Rayan birinchi sinfda tahsil olib yurgan paytida o‘qituvchisining Afrika haqidagi hikoyalarini tinglashdan boshlanadi.
O‘qituvchi ayol bolalarga Afrikada toza ichimlik suvi yetishmasligi, millionlab odamlar loyqa suvlarni ichishga majbur bo‘lishi, ularning bir qismini bolalar tashkil etishi va oqibatda aholi orasida turli kasalliklar kelib chiqishi haqida hikoya qilib beradi.
Ustozining hikoyalari o‘sha paytda 6 yoshda bo‘lgan va toza suvga mo‘l Kanadada yashayotgan Rayan Herlyakka juda qattiq ta’sir qiladi.
O‘shanda u avvaliga hayron qoladi. Oddiy bir jo‘mrakni ochsa suv tushadi-ku, afrikaliklar nega shunday qilmaydi deb o‘ylaydi.
Shunda o‘qituvchisi unga Afrikada suv Kanadada bo‘lgani kabi serob emasligini, qit’aning juda katta hududida ichimlik suvi tanqisligini, shu sababli uylarda jo‘mrak yo‘qligini tushuntiradi.
Shundan so‘ng Rayan afrikaliklarga yordam berishga qaror qiladi. U so‘rab surishtirib, Kanadada tashkil etilgan WaterCan tashkiloti afrikalik bolalar uchun 70 dollar evaziga quduq qazib berishi haqida eshitadi.
Shundan so‘ng Rayan ota-onasi bilan maslahatlashadi. Onasi unga pul yig‘ish uchun ishlash kerakligini aytadi va agar uy ishlarida yordamlashsa bu uchun pul to‘lashini ta’kidlaydi.
Rayan onasiga uy ishlarida yordam beradi. Keyin qo‘shnilarga ham yordam berib pul ishlaydi. Shuningdek, ota-onasi maktabda ishlatish uchun bergan pullarni yig‘a boshlaydi.
Rayan to‘rt oyda 70 dollar pul yig‘adi va WaterCan tashkilotiga aloqaga chiqadi. Tashkilot xodimlari unga 70 dollarga quduq qazib bo‘lmasligini, bu ish uchun kamida 2 ming dollar kerak bo‘lishini aytadi.
Bola tushkunlikka tushmaydi va sabr bilan pul yig‘ishda davom etadi. U qo‘shnilarning yumushlarini bajarib, avvalgidan ham ko‘proq ishlay boshlaydi. Sinfdoshlari pul yig‘ishda yordamlashadi
Nihoyat Rayan bir yil deganda 2 ming dollar yig‘adi va 1999 yil yanvarda pullarni afrikaliklarga quduq qazib berayotgan WaterCan tashkilotiga yuboradi.
Tashkilotdagilar Rayan yuborgan pullar Uganda shimolidagi Angolo nomli qishloqda joylashgan maktabda quduq qazish uchun ishlatilishini ma’lum qilishadi. Ko
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →