400 biznesmen bir davrada – Osiyo, Arab va Afrikani bog‘lovchi makon ishbilarmonlari Toshkentda yig‘ildi.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Osiyo, Arab, Afrika mamlakatlarini bir-biriga bog‘lovchi muhim iqtisodiy makonda joylashgan davlatlar biznes vakillari biznes forumda to‘plandi. 400 dan ortiq ishbilarmonlarni jamlagan forum B2B uchrashuvlar va muhim eksport shartnomalariga maydon bo‘lishi kerak..

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Osiyo, Arab, Afrika mamlakatlarini bir-biriga bog‘lovchi muhim iqtisodiy makonda joylashgan davlatlar biznes vakillari biznes forumda to‘plandi. 400 dan ortiq ishbilarmonlarni jamlagan forum B2B uchrashuvlar va muhim eksport shartnomalariga maydon bo‘lishi kerak.

Afg‘oniston, Bahrayn, Misr, Iroq, Qatar, Kuvayt, Malayziya, Ummon, Saudiya Arabistoni, Suriya va BAA – bu davlatlarning har biri yildan yilga O‘zbekistonning faol savdo sheriklariga aylanmoqda. Biznes vakillari va o‘zbekistonlik eksportyorlarni jamlagan ushbu forum eksport hajmini oshirish, investitsiyalarni jalb qilish hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot uchun samarali maydon yaratishi kerak.

Forumda rasmiy delegatlar ham qatnashdi. Masalan, Indoneziya savdo vaziri o‘rinbosariga ko‘ra, bu davlat bilan O‘zbekistonning savdo aylanmasi bugun 181 mln AQSh dollari. Ikki davlat erkin savdo bitimi ustida ishlamoqda.

«Ayni paytda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan indoneziyalik investorlar va kompaniyalar bor. Ayniqsa, mehmonxona va turizm sohasida ularning ishtiroki sezilarli. Biz nafaqat iqtisodiy, balki madaniy va diniy jihatdan ham umumiy qadriyatlarga egamiz. Indoneziya dunyodagi eng katta musulmon aholiga ega davlatlardan biri. Shu bois ko‘plab indoneziyaliklar Imom Buxoriyning Samarqand yaqinidagi ziyoratgohlarini ziyorat qilish uchun O‘zbekistonga keladi. Bu esa turizm va mehmondo‘stlik sohalarida hamkorlik uchun katta imkoniyat yaratadi. Savdo sohasida ham hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Masalan, biz O‘zbekistondan mineral o‘g‘itlar import qilamiz, o‘z navbatida Indoneziyadan qog‘oz mahsulotlari va boshqa turli tovarlar eksport qilinadi”, deydi Dyax Roro Esti Vidya Putri.

Biznes forumida xorijlik qatnashchilar O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlaridan ham boxabar qilindi.

-Siz qaysi yo‘nalishda ishlaysiz va bugungi muloqotdan nimalarni kutyapsiz?

- Biz to‘qimachilik sohasida faoliyat yuritamiz hamda Navbahor tekstil klasteri bilan 3 yildan buyon samarali hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Hozirgi kunda logistika yo‘nalishida ayrim qiyinchiliklar mavjud, ayniqsa Osiyo bozorlariga mahsulot yetkazib berish uchun yangi yechimlarga ehtiyoj sezilmoqda. Shu bilan birga, tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini yanada kengaytirish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonning to‘qimachilik salohiyati juda yuqori: mamlakatda sifatli paxta, zamonaviy texnologiyalar va malakali kadrlar mavjud. Shu bois, bu sohaning kelajagiga katta ishonch bilan qaraymiz. Biz sifatli paxta va ishonchli ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilib, yuqori

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön