Yevropa Ittifoqi noqonuniy migrantlarga qarshi choralarni kuchaytirmoqda.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

Yevropa parlamenti boshpana berish rad etilgan, ammo o‘z vataniga qaytarish imkoni bo‘lmagan migrantlarni uchinchi davlatlarda tashkil etiladigan maxsus markazlarga joylashtirishni nazarda tutuvchi yangi deportatsiya qoidalarini ma’qulladi. Yangi tartib noqonuniy migratsiyaga qarshi choralarni yanada kuchaytirishga qaratilgan..

Yevropa parlamenti boshpana berish rad etilgan, ammo o‘z vataniga qaytarish imkoni bo‘lmagan migrantlarni uchinchi davlatlarda tashkil etiladigan maxsus markazlarga joylashtirishni nazarda tutuvchi yangi deportatsiya qoidalarini ma’qulladi. Yangi tartib noqonuniy migratsiyaga qarshi choralarni yanada kuchaytirishga qaratilgan.

17 iyun kuni Yevropa parlamentida bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida Yevroittifoq hududida qolish huquqiga ega bo‘lmagan xorijliklarni deportatsiya qilish bo‘yicha yangi reglament qo‘llab-quvvatlandi. Hujjat uchun 666 nafar deputatdan 418 nafari ovoz bergan, 218 nafari qarshi chiqqan, yana 30 nafar deputat betaraf qolgan.

Yangi qoidalarga ko‘ra, boshpana berish haqidagi arizasi rad etilgan, biroq turli sabablarga ko‘ra o‘z mamlakatiga qaytarib yuborish imkoni bo‘lmagan migrantlar uchun Yevroittifoq hududidan tashqarida maxsus “qaytarish markazlari” tashkil etilishi mumkin.

Hozircha bunday markazlar qaysi davlatlarda joylashtirilishi aniq emas. Muhokamalarda Afrika davlatlari ehtimoliy variant sifatida tilga olinmoqda. Shu bilan birga, xalqaro axborot agentliklari ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ruanda va Uganda kabi davlatlar ham kelajakda Yevropa Ittifoqining hamkorlari sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.

Migratsiya qonunchiligini qat’iylashtirish tarafdori bo‘lgan Germaniya, Avstriya va Daniya kabi davlatlar mazkur tashabbusni faol qo‘llab-quvvatlamoqda.

Yangi reglament noqonuniy migrantlarga nisbatan jazo choralarini ham kuchaytirishni nazarda tutadi. Xususan, Yevroittifoq hududini tark etish haqidagi qarorga bo‘ysunmagan shaxslar tez-tez qamoqqa olinishi mumkin. Shuningdek, ular uchun qayta kirish taqiqlari muntazam qo‘llanadi.

Qo‘shimcha chora sifatida ayrim ijtimoiy nafaqalarni qisqartirish yoki butunlay bekor qilish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda.

Bryusselda ushbu choralar rad javobini olgan migrantlarning o‘z ixtiyori bilan vataniga qaytishini rag‘batlantiradi, deb hisoblanmoqda. Yevropa rasmiylarining ma’lum qilishicha, hozirda deportatsiya qilish haqida qaror chiqarilgan har to‘rt nafar migrantdan faqat biri amalda o‘z mamlakatiga qaytarilmoqda.

Biroq yangi tashabbus inson huquqlari himoyachilari va ayrim siyosatchilar tomonidan tanqid qilinmoqda. Ular migrantlar uchun markazlar tashkil etilishiga qarshi emas, ammo bu muassasalarni Yevroittifoq hududida qurish kerakligini ta’kidlashmoqda. Tanqidchilar fikricha, uchinchi davlatlardagi markazlarda saqlash sharoitlari va inson huquqlariga rioya etilishini nazorat qilish ancha qiyin bo‘ladi.

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön