Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

AQSh va Eron oxirgi 11 yilda ikkinchi marta kelishuv tuzmoqda. Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uz'dagi kolonkasida 2015 va 2026 yillardagi bitimlar bir-biridan qanday farq qilishi, Isroil nega har ikkala kelishuvdan ham norozi bo‘lgani haqida so‘z yuritadi..

AQSh va Eron oxirgi 11 yilda ikkinchi marta kelishuv tuzmoqda. Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uz'dagi kolonkasida 2015 va 2026 yillardagi bitimlar bir-biridan qanday farq qilishi, Isroil nega har ikkala kelishuvdan ham norozi bo‘lgani haqida so‘z yuritadi.

Shu yil 28 fevralda boshlangan AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi hozircha o‘z nihoyasiga yetgandek ko‘rinmoqda. Hali beri Yaqin Sharq mintaqasida mustahkam tinchlik bo‘lmaydi, chunki Isroil o‘z agressivligini qo‘ymaydi, u o‘z xavfsizligini mutlaqlashtirishda davom etadi – demak, qolgan davlatlarga harbiy bosim saqlanib qolaveradi, Falastin davlati hali yo‘q, Eron–Isroil, Isroil–arab davlatlari va boshqa ziddiyatlar saqlanib qolaveradi. Biroq Tramp va Netanyahuning 28 fevralda boshlagan urushi, hozircha, o‘zining mantiqiy yakuniga yetmoqda.

Mantiqiy yakuni deganda, Tramp og‘ir tanlov qarshisida qolgan edi: yoki boshida e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun katta urush qilish (unda bunday hohish, resurs va mandat yo‘q edi), yoki Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib turgan Eron bilan tezroq kelishuvga erishish va masalani hozircha yopish.

Tramp ikkinchi yo‘lni tanladi. Eron bilan muzokaralar chog‘ida, keyingi bir-ikki oy mobaynida Tramp Netanyahuni hatto muzokaralar jarayoniga ham yaqin yo‘latmadi. Isroil muzokaralar haqida faqat matbuotdan, o‘zining kanallaridan bildi xolos.

Donald Tramp o‘z nomzodligini AQSh prezidentligiga ko‘rsatganda, u demokratlarni tanqid qilishdagi eng asosiy nuqtalardan biri sifatida Barak Obamaning Eron bilan kelishuvlarini tanlagandi. Tramp yillar davomida: “Obama Eron bilan juda zaif kelishuv tuzdi, bu kelishuv AQSh foydasiga emas, men prezident bo‘lsam, bu kelishuvdan chiqib ketaman, Eron bilan boshqa, juda kuchli kelishuvga erishaman” deya gapirib keldi. Uning bu qarashlari, tabiiyki, Isroilga va Netanyahuga juda yoqardi.

AQShning Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar 2005 yildayoq boshlangan edi. Obama prezidentligi davrida, 2015 yil aprel oyida AQSh, Fransiya, Britaniya, Germaniya, Rossiya, Xitoy, Eron va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida “Birgalikda keng qamrovli harakatlar rejasi” imzolandi. Kelishuvga ko‘ra:

Eronda boyitilgan uranning aksariyat qismi chetga olib chiqiladi;

AEXA Erondagi barcha yadro obektlari ustidan 15 yil davomida uzluksiz nazorat qilib, atom dasturi faqat tinchlik yo‘lida ekanini tekshirish huquqiga ega bo‘ladi;

AQSh, Yevroittifoq, BMT Xavfsizlik Kengashi sanksiyalari yechiladi.

Biroq Obamaning Eron bilan kelishuvlari mintaqadagi ikki davlat tomonidan juda salbiy qabul qilingan edi, bu – Isroil va Saudiya Arabistoni. Netanyahu Obamaning Eron

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön