JCh-26. O‘zbekiston mag‘lubiyat bilan boshladi.
Kolumbiyaga qarshi o‘yinda jamoa turnir tarixidagi ilk golini nishonladi, ammo bu gol natija uchun yetarli bo‘lmadi..
Kolumbiyaga qarshi o‘yinda jamoa turnir tarixidagi ilk golini nishonladi, ammo bu gol natija uchun yetarli bo‘lmadi.
JCh-2026. K guruhi. 1-tur O‘zbekiston – Kolumbiya 1:3 Gollar: Fayzullayev 61 – Munios 41, Dias 66, Kampas 90+9. O‘zbekiston: Yusupov, Karimov, Husanov, Ashurmatov (O‘rozov 77), Abdullayev, Nasrullayev (Sayfiyev 46), Mozgovoy, Shukurov, O‘runov (Hamdamov 46), Fayzullayev (Amonov 77), Shomurodov (Sergeyev 90+3). Kolumbiya: Vargas, Munyos, Sanches, Lukumi, Moxika, Puerta (Rios 80), Lerma, Rodriges (Kampas 72), Arias (Kastanio 90+3), Dias (Gomes 90+3), Suares (Ernandes 80). Ogohlantirishlar: Moxika 7, Husanov 34.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini mag‘lubiyat bilan boshladi. Mexiko shahridagi «Atsteka» stadionida Kolumbiyaga qarshi o‘tkazilgan o‘yin 1:3 hisobida yakunlandi.
Birinchi bo‘limda to‘liq tashabbusga egalik qilgan janubiy amerikaliklar 40-daqiqada hisobni ochdi. Angliyaning «Kristal Pelas» klubida o‘ynovchi qanot himoyachisi Daniel Munios «Bavariya» vingeri Luis Diasning uzatmasini golga aylantirdi – 0:1.
Kannavaro tanaffusdayoq tarkibda o‘zgarishlarga qo‘l urdi: chap qanot himoyachisi Sherzod Nasrullayev o‘rniga Farrux Sayfiyev, chap qanot vingeri Oston O‘runov o‘rniga esa Dostonbek Hamdamov maydonga tushirildi.
60-daqiqada Shomurodov xavfli vaziyat yuzaga keltirdi: uning zarbasidan keyin to‘p darvozabon orqali bo‘sh darvoza qarshisida turgan Abbosbek Fayzullayevga yetib keldi va ushbu yarimhimoyachi O‘zbekiston milliy jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi ilk goliga mualliflik qildi.
Ammo ko‘p o‘tmay Kolumbiya yana hisobda oldinga chiqib oldi. Shomurodov maydon markazida to‘p oldirdi va tezkor qarshi hujumni Luis Dias gol bilan yakunladi – 1:2.
O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Osiyo vakillari to‘liq kuch bilan shturm uyushtirishdi, natijada himoya chizig‘ida katta bo‘shliq yuzaga keldi va uchinchi gol ham o‘tkazib yuborildi. O‘rozov to‘pni uzoqlashtirishni paysalga soldi va to‘pga ega chiqqan Kucho Ernandes to‘pni qanotdan darvozabon hududiga uzatdi, u yerda turgan Haminton Kampas bosh bilan Yusupov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol etdi – 1:3.
O‘yinning so‘nggi daqiqasida O‘zbekistonda hisobni qisqartirish uchun imkoniyat bo‘ldi, ammo Behruz Karimovning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasidan keyin to‘p darvoza to‘siniga bordi.
Birinchi turdan keyin Kolumbiya 3 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda, O‘zbekiston esa to‘rtinchi o‘rinda qoldi.
O‘zbekiston milliy jamoasi navbatdagi uchrashuvni 23 iyun kuni Portugaliyaga qarshi o‘tkazadi.
11 iyun kuni AQSh, Kanada va
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →