Elektr tarmoqlariga ulab berish evaziga pul olgan mas’ullar ushlandi.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

Toshkent shahri va Xorazm viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida elektr tarmoqlariga ulab berish hamda transformatorni almashtirib berish evaziga noqonuniy pul olgan elektr ta’minoti sohasi xodimlari ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda..

Toshkent shahri va Xorazm viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida elektr tarmoqlariga ulab berish hamda transformatorni almashtirib berish evaziga noqonuniy pul olgan elektr ta’minoti sohasi xodimlari ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chilonzor tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Olmazor tuman TET elektromontyori Sh.Sh. fuqaro M.M.ga tegishli xonadon hududidagi novvoyxonani elektr tarmoqlariga ulab berish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishni va’da qilib, 5 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, departamentning Hazorasp tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman elektr ta’minoti korxonasi bosh muhandisi R.S. ham qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, u “B.A.” fermer xo‘jaligi rahbari G‘.A.ning yer maydonidagi past kuchlanishli transformatorni yuqori kuchlanishli transformatorga almashtirib berish evaziga 7 million so‘m olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön