Kelishuv imzolagan prezidentlar va Moskva osmonida yuzlab dronlar – kun dayjesti.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 1 saat önce

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz..

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

AQSh va Eron chorshanba kuni o‘z prezidentlari urushga chek qo‘yish maqsadida imzolagan muvaqqat kelishuv matnini e’lon qildi. 14 banddan iborat kelishuv yakuniy sulh bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun otashkesim muddatini yana 60 kunga uzaytiradi.

Donald Tramp ham, Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon ham memorandumni ingliz va fors tillarida raqamli imzolagan. Eron tashqi ishlar vazirligi esa kelishuv chorshanba kunidan boshlab kuchga kirganini ma’lum qildi.

Tramp hujjatni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Versal saroyida — Birinchi jahon urushiga rasman chek qo‘ygan mashhur shartnoma imzolangan joyda imzoladi.

Tramp Eronga hujum qilish bo‘yicha ilgari surgan asoslaridan kamida bittasidan voz kechdi. U Tehronda ballistik raketalar bo‘lmasligi «adolatsizlik» bo‘lishini aytdi.

«Men shuni aytmoqchimanki, agar boshqa davlatlarda bu narsa bo‘lsa, ularda ham oz bo‘lsa-da bo‘lmasligi biroz adolatsizlikdir», dedi Tramp Parijda jurnalistlarga.

Tramp fevral oyida «Eronning raketa sanoatini yer bilan bitta qilish» haqida va’da bergandi.

«Agar ular kelishuvni buzsa, biz ularni ayovsiz bombardimon qilamiz», dedi Eron haqida gapirar ekan. Shuningdek, u eronliklarni «aqlli odamlar» deb atadi. AQSh va Eron muzokarachilari yaqin 60 kun ichida doimiy sulh ustida ish olib bormoqda, Tramp ushbu sulh Yaqin Sharqqa tinchlik olib kelishi va neft narxini pasaytirishiga umid bildirgan.

«Harbiy harakatlar orqali erishmoqchi bo‘lgan hamma narsamizga muzokaralar orqali bir necha barobar ko‘proq erishdik; buni hatto qiyoslab ham bo‘lmaydi», dedi Eronning bosh muzokarachisi Muhammad Boqir G‘olibof.

Memorandum barcha jabhalarda, jumladan, Livanda urushni zudlik bilan to‘xtatishni, Ho‘rmuz bo‘g‘ozida dengiz qatnovini «hech qanday to‘lovsiz» to‘liq tiklashni, AQShning Eron portlari blokadasini olib tashlashni, Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni, uning aktivlarini muzlatishdan chiqarishni hamda urushdan keyingi tiklanishi uchun 300 milliard dollarlik investitsiya fondini tashkil etishni ko‘zda tutadi.

Ukraina dronlari shu haftada ikkinchi marta Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berdi.

Payshanba kuni erta tongdan Moskva uzra yuzlab dronlar urib tushirildi, deb ma’lum qildi shahar meri Sergey Sobyanin. Reuters guvohining xabar berishicha, Moskva neftni qayta ishlash zavodi joylashgan tumanda olov va qalin tutun ustunlari ko‘ringan.

«Havo mudofaa kuchlari ommaviy hujumni qaytarishda davom etmoqda. Bir nechta dron Moskva neftni

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön