“Quyoshli xonadon” doirasida fuqarolarga pul to‘lanmayapti. Rasmiy idoralar sukutda.
Quyosh panellarida ishlab chiqarilib, umumiy elektr tarmoqlariga uzatilgan energiya uchun fuqarolarga subsidiyalar vaqtida to‘lab berilmayapti. Na Energetika vazirligi na Iqtisodiyot va moliya vazirligi vaziyatga tayinli izoh bergani yo‘q. 2026 yil uchun tasdiqlangan.
Quyosh panellarida ishlab chiqarilib, umumiy elektr tarmoqlariga uzatilgan energiya uchun fuqarolarga subsidiyalar vaqtida to‘lab berilmayapti. Na Energetika vazirligi na Iqtisodiyot va moliya vazirligi vaziyatga tayinli izoh bergani yo‘q. 2026 yil uchun tasdiqlangan budjetnomada ushbu turdagi xarajatlarni moliyalashtirishga 100 mlrd so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Bu real ko‘rsatkichga nisbatan 3 barobar kamroq mablag‘ bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonda 2023 yil 1 apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi joriy etilgan. Unga ko‘ra, umumiy quvvati 50 kilovatt-soatgacha bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga o‘z ehtiyojidan ortib, yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan har 1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratiladi.
Masalan, oy davomida siz elektr tarmog‘idan 100 kilovatt-soat elektr energiyasi oldingiz, siz o‘rnatgan panellar esa aytaylik 500 kilovatt-soat tok ishlab chiqardi. Agar oy yakunlari bo‘yicha siz tarmoqqa uzatgan tok miqdori tarmoqdan olingan tok miqdoridan ko‘p bo‘lsa, ana shu o‘rtadagi ijobiy farqning har bir kilovatt-soati uchun davlat 1000 so‘mdan subsidiya to‘laydi. Pul “Soliq” ilovasi orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunigacha to‘lab berilishi shart.
Fuqarolar hukumatning bu tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Kimdir yig‘ib qo‘ygan puliga, yana kimdir esa qarzga quyosh panellari xarid qildi. Kun.uz bilan bog‘langan murojaatchilarning ta’kidlashicha, ularga aprel oyi uchun kafolatlangan pul to‘lab berilmayapti. Xususan, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashovchi Islomjon Sobirjonovning ta’kidlashicha, u 32 mln so‘m pul sarflab quyosh panellari o‘rnatgan, ammo to‘lovga kelganga kechikishlar kuzatilayotganidan norozi bo‘lyapti.
«Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan Islomjon Sobirjonovman. 2025 yilning noyabr oyida 32 mln so‘mga 10 kilovatt-soatlik pannel o‘rnatgandim. Maqsad — qishda o‘zimning ehtiyojimni qoplash va yozda 4-5 so‘m daromad qilish edi. Pul tushishi shu yilning fevral oyidan boshlandi. Fevral oyida 20 ming so‘m, mart oyida 200 ming so‘mdan ziyodroq pul oldim. Aprel uchun pul yo‘q, lekin panelim ishlab yotibdi. Aprel oyida 900 kilovatt-soatdan ziyod, may oyiga 1100 kilovatt-soatdan ziyod sotganman. Ro‘zg‘orga 1-2 so‘m foyda bo‘lsin deb, yig‘ib-terib olgan pulim edi, o‘zim ham oylikka qaragan odamman”, deydi Sobirjonov.
2026 yilning yanvar-mart oylarida 45,2 ming nafar jismoniy shaxs o‘z xonadonlarida o‘rnatilgan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa sotib, 73,9 mlrd so‘mdan ortiq daromad olgan.
Taqqoslash uchun, 20
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →