Ukraina Voronejdagi mudofaa zavodiga hujum qildi – fotolar.
22 iyun kuni kunduzi Ukraina qurolli kuchlari Voronej bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. Mahalliy gubernator Aleksandr Gusev havo hujumidan mudofaa kuchlari oblast markazi ustida «bir necha yuqori tezlikdagi havo nishonlari»ni urib tushirgani haqida xabar qilgan..
22 iyun kuni kunduzi Ukraina qurolli kuchlari Voronej bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. Mahalliy gubernator Aleksandr Gusev havo hujumidan mudofaa kuchlari oblast markazi ustida «bir necha yuqori tezlikdagi havo nishonlari»ni urib tushirgani haqida xabar qilgan. Hujum oqibatida «Voronejdagi korxonalardan birining ishlab chiqish obektlari», ayrim ko‘p kvartirali uylarning fasadlari va avtomobillar shikastlangan, deya qo‘shimcha qilgan mulozim. Uch kishi yaralangan, shundan biri – og‘ir ahvolda. OSINT-tahlilchilarga ko‘ra, «Sborka» yarimo‘tkazgichli asboblar zavodining asosiy korpusi ukrainlar zarbasi nishoni bo‘lgan. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi ushbu zavodga hujum qilinganini tasdiqlagan. Bu g‘arb sanksiyalari ostidagi korxona bo‘lib, u yerda «Iskander» va X-101 raketalari, shuningdek «Pansir-S1» havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun elektronika ishlab chiqarilgan. Guvohlar tomonidan olingan foto va videolarga ko‘ra, «Sborka» hududida yong‘in chiqqan, shahar uzra qora tutun ustuni ko‘tarilgan.
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →