Toshkent renovatsiyasi: eski xatolar takrorlanmasligi uchun nimalar qilish kerak?.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

Toshkentda renovatsiya mavzusi yana jamoatchilik muhokamasi markaziga chiqdi. Bu tabiiy holat..

Toshkentda renovatsiya mavzusi yana jamoatchilik muhokamasi markaziga chiqdi. Bu tabiiy holat. Chunki gap faqat binolar, kvadrat metrlar yoki qurilish loyihalari haqida emas. Gap odamlarning uyi, mahallasi, qo‘shnilari, farzandlari o‘qiydigan maktab, yaqindagi bog‘cha, poliklinika, transport va yillar davomida shakllangan kundalik hayot tarzi haqida ketmoqda. Shuning uchun renovatsiya haqidagi har qanday tanqidiy fikrni e’tiborsiz qoldirish to‘g‘ri emas. Aksincha, bunday fikrlar jarayon sifatini oshirish uchun muhim signal hisoblanadi.

Biroq savolni faqat “renovatsiya ijtimoiy muhitni buzadimi?” degan xavotir bilan cheklash ham to‘g‘ri emas. Asosiy savol renovatsiya qanday amalga oshirilsa, mavjud muhit yana ham yaxshilanadi, xavfsizroq, qulayroq va zamonaviyroq yashash muhiti paydo bo‘ladi, bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

To‘g‘ri tashkillashtirilgan renovatsiyada faqat binolar emas, balki hududning kelgusi yillarda qanday shakllanishi hisobga olinadi. Ya’ni maktab va bog‘chaga talab qancha bo‘ladi, yo‘llar qanday ishlaydi, jamoat transportiga chiqish qulaymi, suv, elektr, kanalizatsiya va isitish tarmoqlari yangi yuklamani ko‘tara oladimi, bularning barchasi loyiha bosqichida ko‘rib chiqiladi. Toshkent bo‘yicha ham mahalliy hamda xorijiy malakali mutaxassislar bularni atroflicha o‘rganib chiqishgan. Shuning uchun “renovatsiyadan keyin hudud zichlashadi” degan fikrning o‘zi to‘liq xulosa bo‘la olmaydi. Muhimi, zichlik qanday boshqarilishida. Agar aholi soni oshsa, unga mos ravishda ijtimoiy obektlar, yashil maydonlar, ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari va transport bog‘lanishi ham rejalashtiriladi.

Toshkentdagi ko‘plab eski uylar XX asr talablari asosida qurilgan. U paytda aholi soni, avtomobillar miqdori, kommunal tarmoqlarga tushadigan bosim va xavfsizlik me’yorlari bugungidan ancha farq qilgan. Shu bois ayrim eski hududlarni avvalgi holatida saqlab turish har doim ham aholi manfaatiga xizmat qilavermaydi. Ayniqsa, 1950–1970-yillarda qurilgan uylarda muhandislik tarmoqlari chirish bosqichiga kirgan, isitish tizimi samarasiz, tom va podvallar ta’mirtalab. Bunday sharoitda aholini eski va xavfli uy-joy bilan qoldirish emas, ularga xavfsizroq va zamonaviyroq sharoit yaratish muhim.

Ijtimoiy muhit masalasi ham bir tomonlama talqin qilinmasligi kerak. Albatta, odamlar yillar davomida yashagan mahallasiga, qo‘shnilariga, farzandi o‘qiydigan maktab va bog‘chaga bog‘langan bo‘ladi. Lekin renovatsiya bu muhitni yo‘q qilmaydi, uni saqlagan holda yaxshilash imkoniyatini beradi. Shuning uchun aholiga shu hududga yaqin yoki loyiha doirasida quriladigan yan

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön