Yangi Namanganda IT-park qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Davlatobod tumanidagi Yangi Namangan shaharchasida barpo etiladigan zamonaviy IT-park qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Qiymati 117 million dollar bo‘lgan loyiha doirasida axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish hamda minglab yoshlar uchun yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan..
Prezident Shavkat Mirziyoyev Davlatobod tumanidagi Yangi Namangan shaharchasida barpo etiladigan zamonaviy IT-park qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Qiymati 117 million dollar bo‘lgan loyiha doirasida axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish hamda minglab yoshlar uchun yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan.
Marosimda davlat rahbari raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal rivojlantirish Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shu maqsadda mamlakatda maxsus dasturlar va qarorlar qabul qilinib, sohani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.,
Qayd etilganidek, Xitoylik hamkorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan 117 million dollarlik loyiha doirasida respublikaning olti hududida IT-parklar quriladi. Yangi Namangan shahrida barpo etiladigan majmua mazkur tashabbusning ilk loyihasi hisoblanadi.
Loyihaga muvofiq, 1,7 gektar maydonda 17 qavatli zamonaviy bino qad rostlaydi. Maydoni qariyb 18 ming kvadrat metr bo‘lgan majmuada ta’lim va eksport markazlari, kovorking va ofis maydonlari, startap akseleratori hamda xorijiy kompaniyalarga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi joylashtiriladi.
IT-parkda o‘nlab kompaniyalar va startap studiyalar yagona axborot texnologiyalari ekotizimi sifatida faoliyat yuritadi. Natijada viloyatdagi 2 mingga yaqin yosh yuqori daromadli ish o‘rinlari bilan ta’minlanadi.
Loyiha ishga tushgach, Namangan viloyatida axborot texnologiyalari xizmatlari hajmini yiliga 500 milliard so‘mga, eksport ko‘rsatkichini esa 30 million dollarga yetkazish imkoniyati yaratiladi.
Marosim yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Namangan IT-parki qurilishiga tamal toshi qo‘ydi. Shu yerning o‘zida viloyatda amalga oshirilayotgan yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish va qurilish ishlariga start berish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →