Venesuelada dahshatli zilzila va Fransiyada qayd etilgan Ebola – kun dayjesti.
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz..
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.
AQSh davlat kotibi Marko Rubio payshanba kuni Yaqin Sharq bo‘ylab safarining yakuniy bosqichida Bahraynga keldi. U ushbu safar davomida Eron kelishuviga shubha bilan qarayotgan Amerikaning arab ittifoqchilariga uni qabul qildirishga urinmoqda.
Rubio ushbu tinchlik bitimini taqdim etish borasidagi missiyasi ancha nozik ekanini tan oldi. Boisi, arablar Eronga haddan tashqari ko‘p yon bosilishi – Tehronni kuchaytirib yuborishi, mintaqadagi xavfsizlik muvozanati hamda neft oqimlarini qayta shakllantirishi mumkinligidan xavotirda.
Rubio, shuningdek, Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi bilan ham uchrashadi. Ushbu kengash oltita sunniy monarxiyadan iborat bo‘lib, uning tarkibiga Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon, Birlashgan Arab Amirliklari va Kuvayt kiradi.
Ushbu oltita davlat AQShning strategik ittifoqchilari hisoblanadi. Ular urush paytida Vashingtonga ma’lum darajada logistik yordam ko‘rsatgan va buning oqibatida barchasi Eronning havo zarbalaridan jabr ko‘rgan.
Rubio Bahrayndan oldingi bekatlari — BAA va Kuvaytda ham rasmiylarni kelishuv Eronga haddan tashqari yon bosmasligiga ishontirishga harakat qildi. «Biz mintaqadagi ittifoqchilarimiz, ko‘p yillik hamkorlarimiz xavfsizligiga putur yetkazadigan hech qanday ish qilmaymiz», dedi u Kuvaytda jurnalistlarga.
Rubio, shuningdek, ushbu safar davomida mintaqaviy ittifoqchilardan hech qanday qayta tiklash jamg‘armasiga hissa qo‘shishni so‘ramasligini aytdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp seshanba kuni Eron yadroviy tekshiruvlarga «cheksiz muddatga» (abadiy) rozi bo‘lganini aytdi, Tehron esa muzokaralarda bunday yon bosish bo‘lmaganini ta’kidladi. Bu holat mo‘rt tinchlik bitimi qay darajada hayotiy ekani borasida savollarni tug‘dirmoqda.
24 iyun kuni kechqurun Venesuelaning shimoliy va markaziy hududlarida ketma-ket ikki kuchli zilzila qayd etildi. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, poytaxt Karakasda ko‘p qavatli uylar va boshqa binolar qisman yoki to‘liq qulagan.
Ma’lum qilinishicha, birinchi zilzila taxminan soat 18:00 da sodir bo‘lgan va uning magnitudasi 7,2 ni tashkil etgan. Oradan bir daqiqa ham o‘tmay ikkinchi, 7,5 magnitudali zilzila qayd etilgan.
Tabiiy ofat ortidan mamlakatda favqulodda holat joriy etildi. Prezident vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges barcha tezkor xizmatlar yuqori shaylik rejimiga o‘tkazilganini ma’lum qildi.
AQSh Geologiya xizmati dastlabki baholashiga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni o‘n minglab bo‘lishi mumki
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →