Qurilish materiallari tarmog‘ida kreditini to‘lolmayotgan korxonalar uchun 50 mln dollar ajratiladi.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi 457 ta korxonaning kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi 3,5 trillion so‘mga yetgan. Bu korxonalar chiqarayotgan mahsulotlar tannarxi qimmatligi, bozor talabiga to‘liq javob bermagani uchun xaridor topilmayapti. Mas’ullarga 457 ta korxonaning har biriga borib, ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish buyurildi. Buning uchun 50 mln dollar resurs ajratilmoqda..

O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi 457 ta korxonaning kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi 3,5 trillion so‘mga yetgan. Bu korxonalar chiqarayotgan mahsulotlar tannarxi qimmatligi, bozor talabiga to‘liq javob bermagani uchun xaridor topilmayapti. Mas’ullarga 457 ta korxonaning har biriga borib, ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish buyurildi. Buning uchun 50 mln dollar resurs ajratilmoqda.

26 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish materiallari tarmog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbari asosiy masalaga o‘tishdan avval o‘tgan haftadagi beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlariga to‘xtaldi. Forum doirasida xorijiy hamkorlar bilan 43 milliard dollarlik 177 ta kelishuvga erishilganini ta’kidladi.

"Har bir kelishuv loyihaga, ish o‘rniga, yuqori qo‘shilgan qiymatga aylanishi shart", – dedi prezidentimiz.

Mutasaddilarga xorijiy investorlar ko‘targan 120 ta taklifning yechimi bo‘yicha qaror kiritish topshirildi.

To‘rtta tashkilot qurilish materiallari sohasida “aql markazi” bo‘ladi

Hokimlar qaysi tumanida qaysi tarmoqni qanday rivojlantirish, nima loyihaga investitsiya olib kelsa, eng yuqori samaradorlikka erishishini aniq hisob-kitob qilishi kerakligi qayd etildi.

Buning uchun iqtisodiyotdagi 12 ta tarmoqqa 14 ta “aql markazi” hamda 37 ta sohaviy ilmiy institut va oliygohlar nomma-nom biriktirildi.

Misol uchun, qurilish materiallari tarmog‘iga “aql markazi” sifatida Makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari markazi hamda Materialshunoslik instituti va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti biriktirildi.

Ular yangi turdagi materiallarga talab, buni qoplash uchun qaysi tumanda nima loyiha qilish, qanday texnologiyadan foydalanish, qaysi yo‘nalishlarda kadr tayyorlash kerakligini tahlil qiladi.

Barcha tarmoq rahbarlariga “aql markazi”, sohaviy ilmiy institut va oliygohlar bilan har bir tuman imkoniyatini shu yondashuv asosida tahlil qilib, yalpi hududiy mahsulot o‘sishiga katta turtki beradigan loyihalar paketini tayyorlash topshirildi.

Bundan 10 yil oldin mahalliy qurilish materiallari deganda qum-shag‘al, g‘isht, sement, oyna va shifer tushunilar edi. Bu nari borsa qurilishda ishlatiladigan jami materiallarning 35-40 foizini tashkil qilgan.

So‘nggi o‘n yilda sohaga 12 milliard dollar investitsiya kiritildi, 4 mingdan ortiq yangi zamonaviy korxonalar ishga tushdi.

Tsement, oyna, bazalt, keramik buyumlar, gazoblok, quruq qorishmalar kabi asosiy turdagi 20 dan

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön