Venesueladagi vayronkor zilzila oqibatlari – suratlar.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

24 iyun kuni kechqurun Venesuelada 38 soniya oralig‘ida 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita zilzila ro‘y berdi. .

24 iyun kuni kechqurun Venesuelada 38 soniya oralig‘ida 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita zilzila ro‘y berdi. AQSh Geologiya xizmati baholashicha, ikki yer silkinishi ham mamlakat poytaxti Karakasdan 160 kilometr g‘arbdagi hududda sodir bo‘lgan. Zilzila kuchi Karakasdagi binolarni ham qulatgan, Karib dengizi sohilidagi La-Guayra shtati esa hodisadan eng ko‘p jabr ko‘rgan hudud bo‘lgan. 25 iyun kuni ertalab berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 32 kishi halok bo‘lib, 700 dan ortiq kishi yaralangan. Rasmiylar qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkinligini istisno etmayapti. AQSh Geologiya xizmati minglab kishilar halok bo‘lgani, qurbonlar soni 10 mingdan ham oshishi mumkinligini prognoz qilgan. Mamlakatda so‘nggi 100 yildan ortiq vaqt ichidagi eng kuchlisi bo‘lgan ushbu zilzila kuchini Braziliya shimolida ham sezishgan.

Venesuelada favqulodda holat e’lon qilindi. Vayrongarchiliklar tufayli Karakasdagi xalqaro aeroport faoliyati to‘xtatilgan, rasmiylar tura joylarga gaz uzatishni to‘xtatgan. AQSh va Lotin Amerikasi mamlakatlari Venesuelaga yordam va’da qilmoqda. Quyida ushbu vayronkor zilzila oqibatlari aks etgan suratlar keltiriladi.

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön