Energetika vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

Energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov birinchi o‘rinbosarga aylandi. Shu paytgacha prezidentning energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili bo‘linmasida ishlagan Umarjon Egamberdiyev vazir o‘rinbosari bo‘ldi..

Energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov birinchi o‘rinbosarga aylandi. Shu paytgacha prezidentning energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili bo‘linmasida ishlagan Umarjon Egamberdiyev vazir o‘rinbosari bo‘ldi.

Prezident qarori bilan Umid Mahmudovich Mamadaminov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Umid Mamadaminov 1983 yil 24 yanvarda Samarqand viloyatining Jomboy tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent davlat texnika universitetini (bakalavr), 2015 yilda AQShning Oregon texnologiya institutini tamomlagan.

Mamadaminov 2023 yil avgustidan buyon energetika vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

U 2024 yil 29 martidan buyon energetika vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Mamatkarimovning o‘rnini egalladi. Vazirlik jamoasi boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Matkarimovga minnatdorlik bildirgan.

Shuningdek, Umarjon Usmonaliyevich Egamberdiyev vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Umarjon Egamberdiyev bunga qadar prezidentning energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili bo‘linmasining yetakchi inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön