Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

Toshkentdagi tug‘uruq muassasalaridan birida 21 yoshli ayol tug‘ruqdan keyin falaj holatiga tushib qolgan. Voqeaga ikki oy bo‘lganiga qaramay, uning ahvoli hanuz og‘irligicha qolmoqda. Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi Kun.uz'ga holat yuz berganini tasdiqlab, bemor shifokorlar nazorati ostida ekanini ma’lum qildi..

Toshkentdagi tug‘uruq muassasalaridan birida 21 yoshli ayol tug‘uruqdan keyin falaj holatiga tushib qolgan. Voqeaga ikki oy bo‘lganiga qaramay, uning ahvoli hanuz og‘irligicha qolmoqda. Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi Kun.uz'ga holat yuz berganini tasdiqlab, bemor shifokorlar nazorati ostida ekanini ma’lum qildi.

Ayolning yaqinlari ma’lum qilishicha, voqea joriy yil 24 aprel kuni Toshkentdagi 9-tug‘uruq muassasasida sodir bo‘lgan. Ularning aytishicha, ayol homiladorlik davrini sog‘lom o‘tkazgan va tug‘uruqqa jiddiy muammolarsiz kirgan.

Yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, tug‘uruq jarayonida og‘riqni kamaytirish maqsadida epidural anesteziya qo‘llangan. Shundan keyin ayolning ahvoli og‘irlashib, u koma holatiga tushgan. Chaqaloq kesarcha kesish amaliyoti orqali dunyoga keltirilgan.

Ma’lum qilinishicha, uch kundan keyin ona va chaqaloq Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markazi jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan. Ayol komadan chiqqan, ammo unda falajlik alomatlari kuzatilgani aytilmoqda.

Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi Kun.uz so‘roviga javoban mazkur holatni tasdiqladi. Boshqarmaga ko‘ra, bemor ayni vaqtda mutaxassislar nazorati ostida davolanyapti.

Hozircha ayol ahvolining og‘irlashishi sabablari bo‘yicha rasmiy xulosa e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kuvaytda faoliyat yuritayotgan o‘zbek anesteziologi Jahongir Jo‘rayev Kun.uz bilan suhbatda O‘zbekistonda anesteziologiya sohasi chuqur islohotlarga muhtojligini ta’kidlagan edi. Uning fikricha, anesteziologik yondashuvlar va xavfsizlik standartlari yetarli darajada takomillashtirilmasa, og‘ir asoratlar va o‘lim bilan bog‘liq holatlar kuzatilishi davom etishi mumkin.

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön