Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Mamlakatning aksariyat hududlarida va poytaxtda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi, ba’zi joylarda esa chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda..
Mamlakatning aksariyat hududlarida va poytaxtda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi, ba’zi joylarda esa chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
O‘tgan haftada kuzatilgan juda issiq ob-havodan so‘ng ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston bo‘yicha harorat foni pasayadi. Respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati +30…+35 daraja atrofida, janubda +37 darajagacha bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Dushanba kuni kunduzi O‘zbekiston hududining katta qitsmida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Toshkent viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Seshanba kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Chorshanba kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi.
Payshanba kuni markaziy viloyatlarning asosan ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarida, juma kuni esa O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy va cho‘l hududlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 29–30 iyun kunlari ba’zida 20–22 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida dushanbaning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +32…+34 daraja bo‘ladi. 30 iyunda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi +30…+32 daraja bo‘ladi.
1–3 iyul kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 2 iyulda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat asosan kunduzi +31…+34 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari +20…+23 daraja atrofida bo‘ladi.
29–30 iyun va 2 iyulda shamol tezligi vaqti-vaqti bilan 12–15 metr/soniyagacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
📌 Kaynak
Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.
Orijinal haberi oku →