AQSh–Eron zarbalar almashinuvini to‘xtatdi, Yevropada jaziramadan odamlar o‘lmoqda – kun dayjesti.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz..

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

Eron va AQSh so‘nggi harbiy harakatlarni to‘xtatishga hamda muzokaralarni qayta tiklashga kelishib oldi. AQSh rasmiysiga ko‘ra, bu — zarbalar almashinuvi bosimi ostida qolgan tinchlik bitimini saqlab qolishi mumkin.

«Har ikki tomon hozircha harbiy harakatlarni to‘xtatib turadi va kemalar erkin harakatlanishi mumkin», dedi rasmiy mulozim 17 iyun kuni Shveytsariyada imzolangan memorandumga ishora qilib. Muzokaralar seshanba kuni Qatarda qayta boshlanadi.

Keskinlik payshanba kuni Eron snaryadi Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi yuk kemasiga kelib urilgach boshlangandi. Shundan so‘ng AQSh kuchlari Eron janubiga zarbalar berdi. Buning ortidan tomonlar bir-birini otshkesimni buzishda aybladi.

Eron esa yakshanba kuni erta tongda Kuvayt va Bahrayndagi AQSh harbiy obektlariga raketa va dronlar bilan javob zarbalarini berdi. Muhofizlar korpusi AQSh zarbalari «barcha diplomatik jarayonlarning butunlay to‘xtashiga olib kelishini» aytgan.

Bu voqealar prezident Donald Tramp yangi tahdididan ko‘p o‘tmay sodir bo‘ldi. «Shunday bir pallaga kelishimiz mumkinki, biz endi bosiqlik qila olmaymiz. Harbiy yo‘l bilan o‘zimiz juda muvaffaqiyatli boshlagan ishni oxiriga yetkazishga majbur bo‘lamiz», deb yozdi Tramp o‘z ijtimoiy tarmog‘ida. «Agar bu sodir bo‘lsa, Eron Islom Respublikasi boshqa mavjud bo‘lmaydi!» deya qo‘shimcha qildi u.

Shu bilan birga, Isroil yakshanba kuni Livandagi «Hizbulloh» a’zolariga yana bir bor zarba bergani va yer osti infratuzilmasini vayron qilganini ma’lum qildi.

Dushanbaga kelib muzokaralar qayta tiklangan va harbiy harakatlar tin oldi.

Venesuelada 25 iyun kuni sodir bo‘lgan egizak zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 1500 kishiga yaqinlashdi.

«Qutqaruv va tiklash ishlari davom etmoqda. Biz odamlarni tiriklayin qutqardik, shuning uchun operatsiyalar to‘xtatilmaydi, umidni saqlab qolamiz», dedi muvaqqat prezident Delsi Rodriges yakshanba kuni. Shuningdek, u maktablarda darslar yana bir haftaga to‘xtatilishini va La-Guayrada elektr ta’minoti 75 foizgacha tiklanganini aytdi.

Avvalroq Milliy Assambleya raisi Xorxe Rodriges qurbonlar soni 1450 nafarga yetganini ma’lum qilgandi. Uning qo‘shimcha qilishicha, 3150 kishi jarohatlangan, 12 721 kishi uy-joyini tark etishga majbur bo‘lgan va 774 ta bino vayron bo‘lgan.

2600 dan ortiq xorijiy qutqaruvchilar yetib kelguniga qadar mahalliy aholi va ko‘ngillilar vayronalar ostidan omon qolganlar va jasadlarni olib chiqdi. Ular ko‘pincha og‘ir texnika yetishmasligidan shikoyat qilishdi. Shu bila

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön