«To‘pni yaxshi ushlab turolmadik» – futbolchilar turnirni tark etgandan keyin nimalar deyishdi?.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 2 dk önce

JCh guruh bosqichi so‘nggi turi doirasida Kongo DR bilan o‘tkazilgan o‘yindan keyin milliy jamoa futbolchilari mikst-zonada turli nashrlar jurnalistlarining savollariga javob qaytarishdi..

JCh guruh bosqichi so‘nggi turi doirasida Kongo DR bilan o‘tkazilgan o‘yindan keyin milliy jamoa futbolchilari mikst-zonada turli nashrlar jurnalistlarining savollariga javob qaytarishdi.

Milliy jamoa sardori Eldor Shomurodov «Sport-Ekspress» muxbiri bilan suhbatda bunday darajadagi o‘yinlarda faqat bir jihatda kuchli bo‘lishning o‘zi yetarli bo‘lmasligi haqida gapirgan.

— Katta tajriba orttirdik, ammo afsuski, hech bo‘lmaganda bitta o‘yinda g‘alaba qozona olmadik. Hayot davom etadi. Endi nimaga intilishimiz va qanday rivojlanishimiz kerakligini bilamiz. Jahon chempionatida qatnashdik, ammo buni yaxshiroq amalga oshirishimiz mumkin edi, degan tuyg‘u bor. Natija salbiy bo‘lsa-da, bu turnirdan olib ketishimiz mumkin bo‘lgan ko‘plab ijobiy jihatlar ham bor. Bu turnir biz hali ko‘p narsani o‘rganishimiz va o‘sishimiz kerakligini ko‘rsatdi.

— Nima yetishmadi? Yoki O‘zbekiston jamoasining asl darajasi shumi?

— Ko‘p narsa yetishmadi. Bu yerda barchasi boshqacha. Bu yerda bitta narsada boshqalardan yaxshiroq bo‘lishing yetarli emas, balki barcha jihatlarda kuchliroq bo‘lishing kerak. Shuning uchun, biz barcha jabhalarda qo‘shishimiz kerak. Jamoamizning hozirgi darajasi shu ekan. Jahon chempionatida oddiy o‘yinlar bo‘lmaydi, bu yerda mayda xatolarni ham jazolashadi. Bizga tajriba yetishmadi va endi bu tajriba hosil bo‘ldi.

— Fabio Kannavaro ham matbuot anjumanida tajriba yetishmagani va ikkinchi bo‘limda faqat uzun uzatmalar bilan o‘ynalganini aytdi, bunday o‘ynash oldindan rejada bo‘lmaganmi?

— Ha. Buning ruhiy tomoni ham bor – hisobda oldinda borayotganingda, gol o‘tkazib yubormaslik va hisobni saqlashni istaysan. Va shundan xatolar boshlanadi. Bunday xatolardan biri to‘pni yaxshi ushlab tura olmaganimiz bo‘ldi.

— Jahon chempionatiga kelib, Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi maydonga tushsang, qiyin bo‘lishini tushunasan. Agar istasang, bunga ijobiy qarashing mumkin. Ammo maydonda boshqa darajaga guvoh bo‘lasan. Biz qo‘limizdan kelganini qildik. O‘ylaymanki, O‘zbekiston futboli bizning bu yerga kelishimizdan ko‘p narsa yutdi. Iste’dodli yoshlarimizni ham kuzatishdi. Endi Yevropada futbolchilarimiz ko‘proq bo‘lishi mumkin.

— Afrika jamoalari bu chempionatda osiyoliklarga qaraganda yaxshiroq ishtirok etishdi. Bu ularning konfederatsiyasi siznikidan kuchliroq deganimi?

— Faqat jismoniy tomondan. Yevropada o‘ynaydiganlar – «fizika» va texnika uyg‘unligi nima ekanini biladi. Kongoliklarning esa barchasi o‘sha yerda o‘ynaydi. Bunday raqibga qarshi doim himoyalanish juda qiyin. Baribir to‘pga egalik qilish kerak edi!

— Ikkinchi bo‘limda jamoangiz hujum qilish

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön