BMW yangi X5 rasmini namoyish etdi.

📌 Diğer 📰 Uzbekistan 🕐 az önce

Yangi avlod BMW X5 Neue Klasse konsepsiyasida 30 iyun kuni debyut qiladi..

Yangi avlod BMW X5 Neue Klasse konsepsiyasida 30 iyun kuni debyut qiladi.

Germaniyaning BMW kompaniyasi Neue Klasse dizayn konsepsiyasida yaratilgan yangi avlod X5 krossoverining birinchi tasvirlarini namoyish etdi. Tizer nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisining Instagram sahifasida e’lon qilindi.

Taqdim etilgan fotosuratda to‘rtta X harfi shaklida ishlangan yangi yorug‘lik faralari ko‘zga tashlanadi. Ilgari bunday yechim taqdim etilgan yangiliklarning hech birida bo‘lmagan.

BMW yangi X5 krossoverini 30 iyun kuni to‘liq taqdim etadi, deyiladi xabarda.

Avvalroq yangi BMW X5 beshta quvvat tizimiga ega bo‘lishi xabar qilingandi - benzinli, dizel, gibrid, shuningdek, elektr va vodorod.

BMW X5 krossoverining kamuflyajdagi birinchi suratlarini 2025 yil sentabr oyida e’lon qilgan edi. Shunda aynan vodorod yonilg‘isida ishlaydigan model sinovdan o‘tkazilgan. Ma’lumki, dvigatel Toyota bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

📌 Kaynak

Bu haber XML kaynağından derlenmiştir. Tamamı için orijinal habere gidin.

Orijinal haberi oku →
📱
News AI World — Mobil uygulama
Bu haberleri 45 dilde, anlık çeviriyle cebinde. Erken erişim için Gmail adresini bırak.
← Tüm haberlere dön